Angliya futbol associaciyasi Paketani futboldan umrbod chetlatishga chaqirmoqda
09 okt 19:56
Yangiliklar
Angliya futbol associaciyasi Paketani futboldan umrbod chetlatishga chaqirmoqda
Qurilmani keyingi qidiruvlar uchun topshirishni so'ragan FA endi uni tergovga to'sqinlik qilganlikda ayblamoqda.
Malumot o'rnida, Londonning "Vest Xem" klubi va Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Lukas Paketa o'zi va do'stlari tomonidan tikilgan pullar tufayli futboldan bir umrga chetlashtirilishi mumkin.
Futbolchi pul tikish bozoriga tasir o'tkazish maqsadida APL o'yinlaridan birida ataylab sariq kartochka olganlikda gumonlangan. Malum qilinishicha, Braziliyada 60 ga yaqin odam o'yinchining tegishli o'yinlarda sariq kartochka ko'rsatilishiga 7 dan 400 funt sterlinggacha bo'lgan pul tikkan va umumiy g'alaba 100 000 funtni tashkil qilgan.
Futbolchi o'ziga qo'yilgan barcha ayblovlarni rad etdi va o'z nomini oqlash uchun kurashishini aytdi. U 2025 yilning mart oyida pul tikish bo'yicha ayblovlar yuzasidan sud oldida javob beradi.
Fikrlar