SHayxlar "Sent-Jeyms Park" stadionini rekonstrukciya qilish uchun 1 mlrd funt sarmoya kiritadi
09 okt 2024 19:31
Yangiliklar
SHayxlar "Sent-Jeyms Park" stadionini rekonstrukciya qilish uchun 1 mlrd funt sarmoya kiritadi
2021 yilda "Nyukasl"ni sotib olgan Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi yaqin kelajakda klub infratuzilmasini yaxshilash uchun katta investiciya kiritishni rejalashtirmoqda.
"The Times"ning yozishicha, "Sent-Jeyms Park" stadionining hozirgi holati "Nyukasl"ning yangi egalarini qoniqtirmayapti.
SHayxlar arenani to'liq rekonstrukciya qilib, sig'imini oshirishni rejalashtirgan. Ayni paytda "Sent-Jeyms Park" sig'imi 52 298 kishiga mo'ljallangan, ammo klub buni kamida 70 000 ga etkazmoqchi.
"Nyukasl" hozirda klubga 1 mlrd funtga tushadigan rekonstrukciya loyihasini ishlab chiqmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
Суперлига. "Андижон" ўз майдонида бир киши кам "Машъал"дан устун келди
Fikrlar