So’nggi yangiliklar

23:10Al Ain Cup. Ўзбекистон – Миср 2:0  4 23:01Миср 8 ой деганда илк марта ютқазди  12 22:53Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз  397 22:23"Барселона" "Челси" билан бир ҳимоячи учун курашади  0 22:09Остон Ўрунов миллий термадаги 9 ва 10-голларини урди  3 21:54"Манчестер Сити"га "Борнмут" футболчиси керак  2 21:40Луис де ла Фуэнте: "Ямал борасида ҳавотир олмасангиз ҳам бўлади"  0 21:20Вернер қаерга боради?  0 20:58Карло Анчелотти 40 ёшли Модричнинг "Милан"да ўйнаётгани ҳақида гапирди  0 20:18МЛСда тизим ўзгармоқда: "Бу янги эранинг бошланиши бўлади"  2 19:54"Байер" асосий футболчиси "Бавария" кузатуви остида  0 19:10Райс, Ямаль, Дейола... "Пушкаш" мукофоти учун номзодлар эълон қилинди  5 18:44Рафинья "Олтин тўп"ни қўлдан бой бергани ҳақида гапирди  6 18:18Япония Ганани, Корея эса Боливияни доғда қолдирди  2 17:55Хорватиялик футболчи касбини ўзгартиради: у Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан сартарошлик қилди  2

Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi" va "Navbahor". Qanday o'zaro bog'liq fakt bor?" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Neftchi" va "Navbahor". Qanday o'zaro bog'liq fakt bor?"

Bugun Pro-ligada 19-tur uchrashuvi bo'lib o'tganidan xabaringiz bor. Farg'onaning "Neftchi" klubi o'z maydonida "Buxoro"ning "Nurafshon" jamoasiga qarshi maydonga chiqib 1:1 hisobida durang natija qayd etdi.

O'yin yakunida saytimiz muxbiri Bekzod Tolibov va Farg'ona jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovlar o'rtasida kichik dialog yuzaga keldi. Hozir norasmiy tarzda o'tkazilgan mazkur dialogni to'laligicha etiboringizga havola etamiz.

- Ilhom aka, bugun "Neftchi" o'z maydonida mavsumning so'nggi uchrashuvini o'tkazdi. Muxlislar bugun jamoadan faqat g'alaba kutishgandi, yakunda qayd etilgan durang natijaning sababi nima?

- Matbuot anjumani davomida aytib o'tdim, biz Pro liga chempionligini muddatidan avval hal etib ulgurdik. SHu sababdan 3-4 nafar tajribali futbolchilarga dam bergan holda bugungi uchrashuvda asosan yosh va o'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berdik. Darvozamiz tomon ikki marta penalti belgilandi. Birinchisini Mashhur Muhammadjonov mahorat evaziga qaytardi. Afsus, himoyachimiz o'yinning so'ngi daqiqalarida o'ta qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, yani to'pni qo'li bilan o'ynadi. Natijada ikkinchi penaltidan gol o'tkazib yubordik.

- Mavsum yuzasidan muxlislarga nimalarni aytgan bo'lardingiz?

- Albatta, butun chempionat davomida bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga o'z minnatdorchiligimni bmldiraman. Qiziq fakt shuki, biz mavsum davomida o'z maydonimizda o'tgan bironta o'yinda yutqazmadik. Aytish joiz bo'lsa, buni ham etiborga olish zarur, "Navbahor" muxlislari ham yaxshi bilishadi, jamoada bosh murabbiy sifatida ishlagan vaqtimda uydagi o'yinlarda birorta mag'lubiyat qayd etilmagan, deydi Ilhom Mo'minjonov saytimiz muxbiri bilan o'zaro suhbatda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика