So’nggi yangiliklar

22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  16 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  2 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  31 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  3

Ilhom Mo'minjonov: "Gap bitta: "Paxtakor"ni mag'lub etish lozim!" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "Gap bitta: "Paxtakor"ni mag'lub etish lozim!"

Superliganing ikkinchi bosqichiga tashlangan quradan so'ng "oltin ochkolar" tufayli turnir jadvalida karvonboshchilik qilayotgan "Navbahor" ustozi Ilhom Mo'minjonovning qisqacha fikrlari bilan qiziqdik.

"Navbahor" bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonovdan "Paxtakor"ga qarshi o'yin va Namangandagi maydon holati bo'yicha fikrlarini so'radik.

- "Ikkinchi bosqichni grand jamoalardan biri "Paxtakor" bilan boshlaymiz. Raqib haqida nima deyish mumkin? Hozirgi kunda "Paxtakor" top darajadagi jamoa sanaladi. SHunga monand jamoaga top darajadagi futbolchilar yig'ilgan. Aslida "Navbahor" har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik ko'radi. Ammo "Paxtakor" deganda ko'z oldimizda etakchi jamoa gavdalanadi. SHu boisdan ham bu to'qnashuvga o'zgacha kayfiyatda va astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. CHempion bo'lishni xohlasak, unda "Paxtakor" kabi jamoani mag'lub etish lozim! Gap bitta!".

- "Bilmadim nimaga, hozirgi kunda ko'plab murabbiylar aynan maydon holatini tanqid qilishmoqda. Namangandagi maydon holati yaxshi, ja yomon ahvolda bo'lmagan. Yaqin 5-6 yil avval Namangandan g'alaba bilan qaytgan murabbiylar maydon holati haqida lom-lim deyishmagan. Mag'lubiyatga uchragach maydonimizga yopishib olishmoqda. O'ylashimcha, talabga javob bermaydigan boshqa maydonlar ham etarli. Mutaxassislar boshqa maydonlarni ham ko'rib chiqishsin. Hozirgi kunda Namangandagi maydon talabga javob beradi. Aks holda PFL bu maydonda o'ynashga ruxsat bermasdi. Maydonimiz holati "Navbahor"ga ustunlik beradi, degan fikrga qo'shilmayman. Stadionimizdagi yagona ustunligimiz - xalq, muxlislarimiz", - dedi Ilhom Mo'minjonov.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: +61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика