So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  8 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Ilhom Mo'minjonov: "CHempionlik uchun kurash davom etadi" Yangiliklar

Ilhom Mo'minjonov: "CHempionlik uchun kurash davom etadi"

Superliganing 18-turi doirasidagi "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar vakillari ishtirok etishdi.

Ilhom Mo'minjonov ("Navbahor" bosh murabbiyi): - Alamli mag'lubiyatga uchradik. Bu futbol. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda omadimiz kulib boqmadi. Ishlashda davom etamiz. Kelasi o'yin yana kuchli raqib - "Paxtakor"ga qarshi bo'ladi. CHempionat etakchisi "Paxtakor" bilan bo'ladigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz. Har bir xatolar ustida ishlab, kerakli xulosalarni chiqaramiz.

- "Navbahor" chempionlik uchun kurashayotgan jamoa. Ammo chempionlikni maqsad qilgan va bu vazifani bajarishga intilayotgan jamoa uchun to'qqizta safar uchrashuvlarida qo'lga kiritilgan ikkitagina g'alaba kam emasmi? Jamoa nega mehmonda o'ynay olmayapti?

- Albatta kam. O'yinlar hali oldinda. CHempionlik yo'lida hali bizda yana 14ta o'yin mavjud. Kelgusida safar uchrashuvlarida ham kerakli ochkolarni jamg'arishga, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. "Navbahor"dagi mavjud tarkib bilan chempionlik uchun maksimal kuch sarflagan holda kurashni oxirigacha olib boramiz. Uy o'yinlarimi yoki safardagi bahslarmi farqi yo'q, doim g'alaba uchun kurashamiz. CHempionlik yo'lidagi kurash davom etadi.

- "Navbahor"da to'rtta legioner bor. "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda asosiy tarkibdan faqatgina birgina legioner o'rin oldi...

- Biz mashg'ulotlarda futbolchilarning holatlaridan kelib chiqib boshlang'ich tarkibni aniqlaymiz. Balki keyingi uchrashuvlarda ularning hammasi asosiy tarkibdan o'rin olishlari mumkin.

- Botirali Ergashev umuman ko'rinmay qoldi. Tarkibda ham yo'q, uchrashuv qaydnomalarida ham nomi qayd etilmayaptimi?

- Jarohat tufayli hozircha Botirali Ergashev safda emas. Birinchi davrada olgan jarohati hali tuzalgani yo'q. Qachon safga qaytishi nomalum.

"Navbahor" tarkibida "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda eng yaxshi futbolchi deb topilgan Davron Hoshimov ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizni og'ir o'yin kutib turganini bilardik. Poytaxt jamoalari, xususan "Bunyodkor" chempionlik uchun kurashayotgan kuchli raqib. Murabbiylar shtabi tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarni qo'ldan kelganicha bajarishga harakat qildik. Bizga biroz tajriba etishmagani pand berdi. SHuningdek, omad ham biz tomonda bo'lmadi. Bu mag'lubiyat jamoani ruhiy tushkunlikka tushirib qo'ymasligi kerak. CHunki bizni oldinda juda muhim va kuchli jamoaga qarshi o'yin kutmoqda. "Paxtakor"ga qarshi qattiq tayyorgarlik ko'ramiz. Namangandan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan ishqibozlarga tashakkur bildiraman", - dedi Davron Hoshimov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика