Ikrom Aliboev "Seongnam"ni tark etishga yaqin
18 dek 20:29
Yangiliklar
Ikrom Aliboev "Seongnam"ni tark etishga yaqin
O'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev "Seongnam" klubini tark etishi kutilmoqda.
Bizga etib kelgan malumotga ko'ra, klub rahbariyati o'tgan mavsumdagi yomon ishtirokdan keyin byudjetni 50 foizga qisqartirib yuborgan. SHu bois legionerlar va katta maosh oladigan mahalliy futbolchilar bilan shartnomani muddatdan oldin bekor qilish bo'yicha ish olib bormoqda.
Katta ehtimol bilan Aliboev ham klubni tark etadi va erkin agentga aylanadi. Ikrom oilaviy sharoiti tufayli O'zbekistonga qaytishi mumkin. Malumot uchun, Aliboev Server Jeparovdan keyin K ligada 100dan ortiq o'yin o'tkazgan ikkinchi o'zbekistonlik futbolchi hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
08:35
Ikrom Aliboev: "Angliyada murabbiy imzosi ko'rinmayapti, Ispaniyadan chempionlikni kutmoqdaman" 4
Fikrlar