So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Ikrom Aliboev: "Osiyo Kubogidagi debyutim tug'ilgan kunimga to'g'ri keldi" Yangiliklar

Ikrom Aliboev: "Osiyo Kubogidagi debyutim tug'ilgan kunimga to'g'ri keldi"

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Ikrom Aliboev Ummonga qarshi bo'lib o'tgan Osiyo Kubogining birinchi tur uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

- Osiyo Kubogidagi debyutingiz va tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz. O'zbekiston - Ummon uchrashuvi haqida qanday fikrdasiz?
- Tabrik uchun rahmat. Bahs qiyin o'tdi, lekin shunga qaramay g'alabaga erishdik. Bu tug'ilgan kunimga ajoyib sovg'a bo'ldi.

- O'zbekiston terma jamoasi hujumga o'tishda qiyinchiliklarga duch keldi. Ektor Kuper o'yindan oldin qanday ko'rsatma bergan edi?
- Murabbiy to'p bilan ko'proq muomala qilish haqida gapirgandi, ammo raqib bunga imkon bermadi. Ummon terma jamoasi to'pni o'zida saqlab, pas o'ynashdi. Bugungi o'yinda bir-birimizni tushunishda muammolar yuzaga keldi, o'rtoqlik o'yinlari yo'qligi bunga sabab bo'lgandir. Lekin g'alabaga erishdik, eng asosiysi shu.

- O'yin yakunlanishi bilan futbolchilar maxsus yo'lakcha orqali sizni tug'ilgan kuningiz bilan tabriklashdi...
- Juda yoqimli bo'ldi. Osiyo Kubogidagi debyut o'yinim tug'ilgan kunimga to'g'ri keldi va unda g'alabaga erishdik. Juda xursandman.

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика