So’nggi yangiliklar

07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  1 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  1 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  6 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  6 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  64 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  8 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2

Ikki ertakning yakuni bir nuqtada. Afsonaning xayrlashuv o'yini Yangiliklar

Ikki ertakning yakuni bir nuqtada. Afsonaning xayrlashuv o'yini

Luka Modrichning xayrlashuv uchrashuvi, Marokash ertagi bilan parallell keldi. Nima ham derdik! Ikki ertakning yakuni bir nuqtada kesishdi, yakunda bir tomon mag'lub bo'lishga majbur.



Final ostonasida mag'lub bo'lganlar to'qnashuvi.

Odatda 3-o'rin uchun kechadigan bahslar, biz kutganchalik qiziq o'tmaydi. Jamoalar ruhiy tomonlama singan tarzda bahsga etib kelishadi, bu esa o'yin “kartinasi”ga tasir o'tkazmasdan qolmaydi. Yarim finalda xorvatlar 0-3, afrikaliklar esa 0-2 hisobida mag'lub bo'lishganidan xabardorsiz. Ikkala tomonda ham, voqealar rivoji tabiiy tarzda yuz berdi, sensaciya sodir bo'lmadi va kuchlilar g'alaba qozondi. SHu sababdan, bugungi bahs oldingilaridan farqli, tomonlar alamli tarzda mag'lub bo'lishmadi va katta ehtimol, bugun medal uchun jang bo'ladi. Xorvatiya 1998 yilgi mundialda bronza va 2018 yilgi chempionatda kumush medallarga ega chiqqan. Marokashda esa butunlay boshqacha kayfiyat, ular mundiallarda jami 5 bor qatnashishgan va biror marotaba medallarga ega chiqishmagan. Bungacha hali guruhdan chiqa olmagan termaning, mo'jizaviy tarzda yarim finalga qadar etib borishi, favqulodda kamyob hodisa. Ertak yakuni yaxshi tugashi uchun, bronza medallarining qo'lga kiritilishi ayni muddao bo'lardi. SHu tomondan ishtiyoq afrikaliklarda ko'proq bo'lsa kerak.  

Ehtimoliy o'yin “kartina”si. 

Jamoalar guruh bosqichida bir kvartetdan joy olganini bilasiz. Guruh bosqichi doirasidagi o'yinda 0-0 hisobi qayd etilagn. O'shanda, Xorvatiya birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynagan, vaziyatlar va darvozaga zarbalar yo'llash bo'yicha Marokash ustunlik qilgan. Bugun ham katta ehtimol, xorvatlar birinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynashadi, afrikaliklar esa omadlarini qarshi hujumlardan izlashsalar kerak. Kadrlar va resurslar masalasida sifat evropaliklar tarafda, Marokash esa kuchli ishtiyoq va tartibli o'yin evaziga g'alaba qozonishga harakat qiladi. 

Afsonaning xayrlashuv o'yini.

Krishtianuga tengdosh bo'lgan Luka Modrich hozirda 37 yoshda va Marokashga qarshi o'yin afsona uchun terma libosidagi so'nggi katta chiqish bo'lishi mumkin. SHu tomondan xorvatlar o'z daholari uchun, sovg'a tayyorlashga urunishsalar kerak. Luka shubhasiz, xorvat futboli tarixidagi eng yaxshi futbolchi, afsona ketar chog'ida so'zsiz bunga haqli. Modrichning ehtimoliy xayrlashuv o'yini, bugungi bahsga intriga qo'shishiga ishonaman. Nima ham derdik! Ikki ertakning yakuni bir nuqtada kesishdi, yakunda bir tomon mag'lub bo'lishga majbur. Ko'ramiz va kuzatamiz.

Sizchi? Qadrdon o'quvchi, qaysi tomonning imkoniyatlarini yuqori baholaysiz?


Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика