So’nggi yangiliklar

02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:50BALLON D'OR-2025  87 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  1 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  10 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  6 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  18 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  5 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  12 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  39 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  3 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  6 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  12

Ijaraga ketishni istab qolgan Martin Edegor haqida Yangiliklar

Ijaraga ketishni istab qolgan Martin Edegor haqida

O'tgan yili La Ligani "yondirib yuborgan" yosh iqtidorli futbolchining bunday qarorida murabbiy aybdormi?

OAVda Martin o'zini ijaraga qo'yib yuborishlarini so'ragani haqida malumotlar tarqaldi. Bunga futbolchi etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani sabab qilib ko'rsatilgan. 

Edegor umumiy hisobda 385 daqiqa o'ynadi, yani umumiy vaqtning 16%.

Ammo masalaning bir muhim tomoni mavjud. "SHaxter" bilan 1 dekabrda bo'lib o'tgan, Zidan "kursisini keskin qimirlashiga" sabab bo'lgan, uchrashuvgacha Martin maksimal vaqtning 26% maydonda o'tkazgan (bu ham iqtidorli yarim himoyachi uchun zo'r ko'rsatkich emasdek). Biroq futbolchi jarohatlar sabab har qanaqasiga o'tkazib yuborishga majbur bo'lgan o'yinlarni hisobdan chiqarsak, umumiy o'yin vaqtining 45% ko'rinishidagi natija chiqib keladi. Norvegiyalikning raqobatchilari: Kroos, Modrich va Fede hamda Isko ekanligini inobatga olsa - yomon ko'rsatkich emasdek. 



Bundan kelib chiqadiki, Zidan Edegor uchun tarkibdan joy, jamoa o'yinidan o'rin qidirib ko'rdi.

Lekin keyin Martin jarohat oldi (yaxshigina summaga sotib olingan Eden Azar bilan taxminan deyarli bir vaqtda safga qaytdi), Zidan esa o'zi uchun malum guruh futbolchilarini aniqlab oldi va asosan faqat ularning xizmatlaridan foydalanishni boshladi. Natijada, 10 uchrashuvda 7 g'alaba (2 durang va Superkubokda mag'lubiyat) va Zizuning vaziyati biroz stabillashdi. Murabbiy natija beradigan tarkib va usulni topdi hamda unda to'xtadi. Haqli savol tug'iladi, bunda Zinedin Zidanni ayblash qanchalik o'rinli? 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика