Xabi Alonso "Real Madrid" tarixida faqat ikki murabbiy erishgan muvaffaqiyatni takrorladi
21 sen 09:55
Yangiliklar
Xabi Alonso "Real Madrid" tarixida faqat ikki murabbiy erishgan muvaffaqiyatni takrorladi
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso Ispaniya La Ligasining 5-turida “Espanol” ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng, ispan grandi tarixida ilgari faqat ikki murabbiy erishgan natijani takrorladi.
Bu haqda Opta Sports statistika portali xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Xabi Alonso La Ligadagi ilk beshta o'yinda g'alaba qozongan "Real Madrid"ning uchinchi murabbiyiga aylandi. Bu muvaffaqiyatga avvalroq 1928/29 yilgi mavsumda Xose Quirante va 2004/05 yilgi mavsumda Vanderley Lyuksemburgo erishgan.
Ispaniya chempionatining dastlabki besh turidan keyin madridliklar 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Barselona”da 10 ta ochko va ular bitta o'yin kam o'tkazishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar