So’nggi yangiliklar

11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  0 11:07МЮ “Реал“ футболчига 90 миллион таклиф қилди  1 10:43“Реал Мадрид“ни трансфер ойнаси якунига қадар 4 нафар футболчи тарк этиши мумкин  10 10:20Жозе Моуринью “Арсенал“ ҳужумчисини “Фенербахче“га ўтишга кўндирди  0 09:51Биринчи даврани “Локомотив“да ўтказган ҳимоячи ОКМК йиғинига қўшилди  0 09:23МЮнинг асосий дарвозабони узоқ муддатга сафдан чиқди  5 08:54“Шўртан“ сардори Ҳиндистон жамоасига кўчиб ўтди  3 08:25Аббосбек Файзуллаев: “Краснодар“ билан ўйин менинг ЦСКАдаги охирги ўйиним бўлганми ёки йўқлигини ўзим ҳам билмайман“  4 07:58Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси фаолиятини Эронда давом эттириши мумкин  8 07:27Россия Суперкубогини қўлга киритган Файзуллаев учрашувдан сўнг нималар деди?  2 07:25“Андижон” польшалик ҳимоячи билан шартнома имзолади  2 07:00“Истиқлол“ бош мураббийи яна бир ўзбекистонлик футболчи билан шартнома тузишни истамоқда  6 02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  1 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  3

Igor SHkvirin: "Bizni eshitishdi, lekin quloq solishmadi" Yangiliklar

Igor SHkvirin: "Bizni eshitishdi, lekin quloq solishmadi"

Xabaringiz bor, kecha O'FF va PFL tomonidan 2018 yilgi milliy chempionatda 12ta jamoa ishtirok etishi rasman malum qilindi.

Bu qaror ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'ldi va bu boradagi turlicha qarashlar hamon davom etmoqda. Aytish mumkinki, qabul qilingan qaror ayniqsa oliy liga turnir jadvalining quyi o'rinlarida borayotgan klublar uchun o'zgacha tasir etdi. Kecha Vadim Abramov saytimizga bergan intervyusida aytib o'tganidek, hozir ko'pchilik bundan shok holatda. 

Malumki, Jizzaxning "So'g'diyona" klubi 28 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi. Demak, bu jamoa ham "xavfli zona"da. Biz "So'g'diyona" bosh murabbiyi Igor SHkvirin bilan bog'lanib, oliy ligada 12ta jamoa qolishi haqidagi qarorga fikrini so'radik. 

- Igor Anatolevich, kayfiyatlar qanday? 

- Kayfiyat qanday bo'lishi mumkin? Yangilikni eshitdik va bundan hammamiz hayron qoldik. To'g'risini aytaman, O'FF saytida chiqqan xabar kayfiyatimni ancha tushirib yubordi. CHunki federaciya rahbariyati bilan uchrashganimizda boshqacha suhbat bo'lgandi, amalda esa boshqacha bo'ldi. 

- Demak, bungacha suhbat o'tkazilgan, shundaymi? 

- O'FF avvaliga turnir jadvalining yuqori o'ntaligida borayotgan klublar vakillari bilan suhbat o'tkazdi. Keyinchalik 10-o'rindan pastdagilar bilan suhbat tashkil qilindi. Suhbat davomida ko'p mavzular haqida gaplashdik: legionerlar, yosh futbolchilar xizmatidan foydalanish va hokazo. Aytishim mumkin, O'FF o'shanda bizni eshitdi, lekin quloq solmadi. 

- Suhbat davomida keyingi yil oliy ligada nechta klub bo'lishi haqida gap borganmidi? 

- Ha, bu mavzuda ham fikrlar almashilgandi. Oliy liga formati qanday bo'lishi, nechta jamoani qoldirish, 12tami, 14tami... SHunda men ham o'z fikrimni aytdim: mayli format o'zgarsin, lekin 2018 yildan emas, balki 2019 yildan. CHunki bu yil chiqarilgan reglament keyingi yilgi musobaqa uchun asos bo'lishi kerak. Umuman olganda, O'FFning qaroriga qarshi emasmiz, ammo sport tamoyillarini ham unutmasligimiz kerak. Agar O'FF keyingi yil ham oliy ligada 16ta jamoa ishtirok etadi va 2018 yildan boshlab 12ta jamoani qoldiramiz deb bir yil oldin ogohlantirganida boshqa gap edi. Yana qaytarib aytaman, federaciyadagilar bizni eshitishdi, lekin quloq solishmadi. 

- Hozir bu borada fikringiz qanday? 

- Fikrim hozir ham o'sha-o'sha. Menimcha, keyingi yil ham 16ta jamoa qoldirib, agar 12ta jamoa qatnashadigan musobaqa tashkil qilish bo'lsa, bu haqda reglamentga kiritib o'tish kerak, aytaylik, to'rtta yo beshta jamoa tushib ketadi deya hammani oldindan ogohlantirib qo'yish lozim. Men xohlardimki, hamma klublar bir xil sharoitga ega bo'lsin. Hozir esa bunday bo'lmayapti: qarordan biz qatori "Neftchi", "SHo'rtan" kabi klublar ham aziyat chekib qolishdi. Menimcha, bu qaror hali ko'p muhokama qilinadi. 

- Sizningcha, qaror to'satdan qabul qilindimi? 

- Albatta. Biz oliy liga formati haqida gapiryapmiz va bunday paytda shoshmaslik kerak edi deb o'ylayman. Avval hammani yig'ib majlis o'tkazish, hammaning fikrini o'rganib chiqish lozim edi. Yaxshi bilasiz, oldinlari bu kabi yig'ilishlar bo'lib turardi. Har bir jamoaning bosh murabbiyi va sport direktori kelib o'z fikrini malum qilardi. Hozir esa umuman hech kim kutmaganda qaror chiqarildi. Sport tamoyillari bilan umuman hisoblashib o'tirilmadi, reglamentga esa etibor ham berilmadi. 

- Aytaylik, "So'g'diyona" bu qarorga norozi. Klub rasman etiroz bildirishi mumkinmi? 

- Klub rasman etiroz bildirmasa ham reglament bor-ku. Agar hamma narsa bir pasda o'zgaradigan bo'lsa, unda nima uchun yil boshida reglament chiqarilgan? Mana shu sport tamoyili emasmi? Kechirasiz-u, biz hozir o'zimiz yil boshida qabul qilingan qonunni buzyapmiz. Bu qaror natijasida kelasi yil bazi viloyatlarda katta futbol yo'qolib qoladi. 

- Sizningcha, nima sababdan federaciya tezda bu qarorga keldi? 

- Men buning sabablarini bilmayman. O'FFda yangi rahbariyat ish boshlaganidan beri faqat bir marta federaciya binosiga bordim va ichkariga kirish qiyin bo'ldi. Darvoza oldidagi miliciya xodimi hech kimni kiritmaskan. Oldinlari bemalol kirib chiqardik, ammo hozir unday emas. Hozir chaqirishsagina borishingiz mumkin, lekin o'zingiz biror ish bilan borsangiz ichkariga kirish qiyin bo'ladi. 

- CHempionat tugashiga to'rtta tur qoldi. "So'g'diyona" keyingi bellashuvlarga qanday munosabatda bo'ladi? 

- Navbatdagi turni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazamiz. Darvozabonlarni hisobga olmaganda qo'l ostimda 16 nafar futbolchi bu o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. O'rinbosarlardan to'rtta futbolchi oldim. Biz keyingi uchrashuvlarga ham doimgidek hozirlik ko'ramiz. Mana kecha kechki payt mashg'ulot o'tkazdik va aytishim mumkin, qaror futbolchilarga ham jiddiy tasir qilib, hamma ko'ngildagidek mashq qila olmadi. Yomon tomoni esa qaror chempionat davom etayotgan paytda elon qilindi, chunki bu narsa intriga tushib ketishiga olib keladi. Umuman olganda, men ushbu qarorni to'g'ri deb bilmayman, chunki sport tamoyillari va hozirgi reglament umuman hisobga olinmadi.

X.Xoliqov suhbatlashdi. 


Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика