Igor Sergeev "Tobol" bilan xayrlashdi
05 iyu 2023 14:01
Yangiliklar
Igor Sergeev "Tobol" bilan xayrlashdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev erkin agentga aylandi.
Bu haqda Kozhakhmet_Inside telegram kanali xabar berdi.
"Kostanay klubida bu yil moliyalashtirish qisqarganidan keyin Sergeevning maoshini to'lashda muammolarga duch kelgani bois "Tobol" hujumchi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Tomonlar o'zaro kelishuvga erishishdi va Sergeev klub ixtiyorini tark etdi. "Tobol" uning o'rniga kamroq maosh oladigan hujumchi olib kelmoqchi", - deb yozadi Kozhakhmet_Inside telegram kanali.
Malumot uchun, Igor Sergeev "Tobol" safida barcha musobaqalarda 66ta o'yinda maydonga tushib 27ta gol urdi va 5ta golli pas berdi. 2021 yilda "Tobol" bilan Qozog'iston chempioni bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar