So’nggi yangiliklar

12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  0 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  1 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  0 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  3 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  7 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   2 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  53 08:28Англия терма жамоаси 71 йиллик рекордни такрорлади  8 08:00"Йўқ, йўқ. Биз Криштиану билан кучлироқмиз" Португалия терма жамоаси бош мураббийи Роналдусиз терма жамоанинг ўйини ҳақида  22 07:27ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида финал учрашувида сенсация қайд этилди  4 02:57ЖЧ саралаши. Италия ўз уйида Норвегияга мағлуб бўлиб, ЖЧга йўл олиш масаласини кейинга қолдирди, Исроил Молдовани йирик ҳисобда таслим этди  14 00:58ЖЧ саралаши. Украина, Франция, Англия ва Сербия ғалабага эришди  4 00:10U-17 ЖЧ. Нимчорак финалга чиққан Ўзбекистоннинг бугунги машғулотларидан суратлар  2

Igor Sergeev tizzasidagi jarohatidan so'ng tiklanishi, qaytish muddati va O'zbekiston – Gonkong o'yini haqida Yangiliklar

Igor Sergeev tizzasidagi jarohatidan so'ng tiklanishi, qaytish muddati va O'zbekiston – Gonkong o'yini haqida

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Championat.Asia'ga intervyu berdi va unda tizzasidagi jarohatdan so'ng tiklanishi, qaytish muddati va bo'lajak O'zbekiston – Gonkong o'yini haqida gapirdi.

- Tiklanish qanday ketmoqda? To'p bilan mashg'ulotlarga kirishdingizmi yoki hozircha faqatgina zalda shug'ullanyapsizmi?
- Tiklanish yaxshi ketmoqda. To'p bilan ishlashni yaqin paytlarda boshlamayman, hozircha faqatgina zalda ishlayapman: u erda tizza va boshqa mushaklar bo'yicha shug'ullanyapman. To'p bilan keyinroq mashg'ulotlarni boshlayman – ehtimol bir yoki ikki oydan keyin.

- Taxminan qachon maydonga qaytishingizni kutishimiz mumkin?

- Hozircha bilmayman, aniq muddat yo'q. Jarohat jiddiy, barchasi tizzamning o'zini qanday his qilishiga va tiklanish qanday kechishiga bog'liq. Ko'p narsa tizzamni qanday tayyorlashimga va qanchalik sifatli shug'ullanishimga aloqador. Avvaliga 7-9 oydan so'ng maydonga qaytishimni aytishgandi. Menga bog'liq bo'lgan barchasini qilyapman. Klub bu borada har tomonlama yordam ko'rsatmoqda, bu uchun rahmat.

- Bu faoliyatingizdagi eng og'ir jarohatmi? 30 yoshda "xochsimon mushak"dan so'ng tiklanish qanchalik qiyin?

- Ha, shubhasiz. Tiklanish qanchalik qiyin ekanligini bilmayman. Baxtimga bungacha bunday jarohatlar bo'lmagan. "Xochsimon mushak"da 20 yoki 25 yoshdan so'ng qanday tiklanishni bilmayman. Qaysi yoshda bu jarohatni olganim haqida o'ylamayman – muammo bor va necha yoshligimdan qatiy nazar uni echish kerak.




- "Patxum Yunayted"da jarohatingiz haqida qanday o'ylashmoqda? Adashmasam, shartnomangiz 2024 yilning yoziga qadar. Klub siz bilan shartnomani uzaytiradimi?

- Oldinroq aytganimdek, klub tiklanishimda juda yordam bermoqda. Bu uchun "Patxum Yunayted"ga katta rahmat. Klub hammasida ko'maklashmoqda: menga tiklanish bo'yicha reja tuzib berishdi, o'zimni jamoadan tushib qolgandek his qilmayapman. Jamoadaman, barcha bilan bir qatorda. Albatta, klub jarohatim haqida bilgach xafa bo'ldi. "Paxtum Yunayted" meni hisobga olgan holda malum bir umidlar qilgan. Ammo, shunday bo'ldi, bu futbol. SHartnoma bo'yicha hozircha hech narsa deya olmayman, ko'plab jihatlar bor.

- O'zbekiston terma jamoasining Gonkongga qarshi ilk o'yinini ko'rdingizmi? Agar ko'rgan bo'lsangiz, o'yin haqida nima deb o'ylaysiz va bugungi o'yinni ko'rasizmi?

- Ilk o'yinni to'liq ko'ra olmadim – jadvalim tig'iz, har kuni ikkitadan mashg'ulot. Ertalabdan boshlayman va faqat kechqurun uyga kelaman. O'yindan parchalarni va statistikani ko'rdim. Jamoadoshlarim O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi ilk o'yin haqida so'rashdi. Darhol terma jamoamizga 100% ishonchim komil ekani va ikki o'yinni ham yutishimiz kerakligini aytdim.

Ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo faqatgina ikkita to'p kiritdik. Bu ham futbolning bir qismi, bunaqasi bo'lib turadi. Qaerdadir omad kelmadi, asosiysi yutdik. Javob o'yinida muxlislarimiz qarshisida ko'proq to'p kiritishimiz kerak. Ammo, baribir birinchi navbatda natija, asosiysi yutish va keyingi bosqichga chiqish. Hozircha o'yinni ko'ra olamanmi yoki yo'q, bilmayman, ammo harakat qilaman.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика