So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  10

Igor Sergeev: "Ko'pchilik Tailandni kuchsiz raqib deb o'ylaydi, ishoning aslida bunday emas" Yangiliklar

Igor Sergeev: "Ko'pchilik Tailandni kuchsiz raqib deb o'ylaydi, ishoning aslida bunday emas"

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi va "Patum Yunayted" azosi Igor Sergeev Tailand futboli haqida fikrlari va jarohatdan keyingi holati bo'yicha saytimizga intervyu berdi

- Igor sizga sog'liq tilaymiz. Hozirgi holatingiz qanday?

- Bu taqdir. Jarohat olish peshonamda yozilgan ekan va shunday ham bo'ldi. Hozirgi kunda jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko'rmoqdaman. Oyog'im jarrohlik amaliyotiga tayyor bo'lishi kerak. Operaciya qachon va qaerda bo'lishi hali nomalum. Men operaciyani shu erda(Qatarda) o'tkazmoqchiman, ammo hali hech nima aniq emas. Meni qo'llab quvvatlayotgan va sog'liq tilayotgan muxlislarga rahmat.

- Igor siz Tailand chempionatida faoliyat yuritmoqdasiz. Tailanddagi futbol darajasi, chempionat va milliy terma jamoa haqida nimalar deya olasiz?

- Tailand chempionati ancha raqobatdosh. Ko'pchilik Tailand futbolini kuchsiz deb o'ylaydi, ishoning aslida bunday emas. Men Tailandda yarim yildan buyon o'ynamoqdaman va u erdagi futbol darajasini past deya olmayman. Tailandda futbol rivojlanmoqda va ular to'g'ri yo'nalishda. Futbolchilarning darajasi ancha yuqori, infratuzilma va tashkiliy ishlarga ham etiroz yo'q. Hammasi alo darajada. Tailand chempionati Superligadan aniq kuchsiz emas. Men Tailand birinchiligini O'zbekiston chempionatidan kuchli demayman, ammo ularning darajasi bizdan past emas. Tailand terma jamoasining natijalarini o'zingiz ko'rdingiz. Ular biz bilan bir xil natija qayd etishdi. Ular guruh bosqichida mag'lub bo'lishmadi. Tailand terma jamoasi bilan to'qnash kelishimiz malum bo'lganidan so'ng yigitlarga hushyor bo'lish kerakligini aytdim. Tailand terma oson raqibdek tuyulishi mumkin, biroq ular juda noqulay raqib. Tailand terma jamoasi safida hozir 5ta jamoadoshlarim bor. Ularning barchasi katta tajribaga ega. To'g'risini aytaman, Tailand futboli tez rivojlanmoqda.

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика