So’nggi yangiliklar

17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  5

Igor Sergeev: "Bugun gol urishim uchun vaziyatlar ham bo'lgani yo'q..." Yangiliklar

Igor Sergeev: "Bugun gol urishim uchun vaziyatlar ham bo'lgani yo'q..."

O'zbekiston - Eron (0:1) uchrashuvidan so'ng terma jamoamiz hujumchisi Igor Sergeevdan o'yin haqida va golsiz seriyalari xususidagi savollarga javob oldik.


- Jamoamiz Babayanning ko'rsatmalarini to'g'ri bajara olmadi. O'zim haqimga gapiradigan bo'lsam, o'yinimdan umuman qoniqmadim, deya so'z boshladi Igor Sergeev.

- Babayan o'yindan avval sizlarga aynan qanday ko'rsatmalar bergandi?

- Murabbiy ularni kuchli jihatlarini alohida uqtirgandi. Eron terma jamoasi standart vaziyatlarida ancha xavfli o'ynashini bilardik. Ammo shunga qaramay aynan jarima zarbasidan so'ng gol o'tkazib yubordik.

- Hammani qiziqtirayotgan savol: Igor Sergeev nega gol ura olmayapti?

- Bugungi bahsda gol urishim uchun vaziyatlar ham bo'lgani yo'q...

- To'g'ri, ammo Sergeev gol urmaganiga ancha bo'pqoldi-da.

- Bilmadim.

- Gol urishingiz uchun sizga nima etishmayapti?

- Bu savolga javobni bilganimda gollar urishni boshlab yuborardim...

- Uchrashuvdan so'ng Babayan echinish xonasida sizlarga nimalar dedi?

- Bu gap jamoamiz ichida qolgani yaxshi.

- Bugun mag'lubiyat Xitoy bilan bo'ladigan bo'lajak bellashuvda salbiy tomondan tasir etmaydimi? Ruhiy tomondan jamoa sinib qolmaydimi?

- O'ylashimcha, yo'q. Jamoamizdagi futbolchilarning barchasi kuchli, katta tajribaga boy. Futbolchilar birinchi marta bu kabi holatga tushib qolishgani yo'q. SHu boisdan bugungi natija Xitoy bilan bo'ladigan uchrashuvga hech qanday tasir qilmaydi. Xitoyni mag'lub etishni uddalaymiz.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting: -124   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика