So’nggi yangiliklar

22:20Ла Лига. "Атлетико" ўз майдонида "Хетафе"ни мағлуб этди, меҳмонлар ўйинчиси 55-дақиқада майдондан четлатилди  0 21:58"ФарДУ" назорат ўйинида жавобсиз еттита тўп киритди  0 21:32Бундеслига. "Бавария" тўққиз киши бўлиб "Байер" билан дуранг ўйнади, "Боруссия Дортмунд" эса ишончли ғалабага эришди  11 21:20"Арсенал" ва "Челси" иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  1 21:04"Галатасарой" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  16 20:40Райан Шерки: "Дунёнинг энг яхши футболчиси бўлишни истайман. Агар "Олтин тўп"ни қўлга киритсам..."  0 20:05Ислом Исмоилов: "Финалда тактикадан кўра футболчиларнинг характери юқори планга чиқади" (тўлиқ матбуот анжумани)  17 19:45ОПЛ. "Сабаҳ" бу сафар рақибига жавобсиз 5 та гол урди  0 19:10Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)  33 18:50ЎзФҲМ йиғилиши: икки ўйинда қизил карточка кўрсатилиши керак эди  12 18:27"Аркадағ" кетма-кет иккинчи йил Туркманистон кубоги соҳибига айланди  15 18:15Дунёдаги энг йирик кўча футболи чемпионати яна Ўзбекистонда  1 18:00"Металлург" назорат баҳсида "Гулистон"ни мағлуб этди  2 17:45"Барса" Гави тиззасидан олган жароҳатидан сўнг сафга қайтганини эълон қилди. Хавбек август ойидан бери ўйнамади  10 17:05Ўзбекистон Суперкубоги: дебютант “Нефтчи” саккизинчи жамоа, рекорд “Пахтакор”да  8

Realning kelajagi, Ayaks umidi va kichik Stankovich. Sobiq top futbolchilarning o'g'illarida nima gap? Yangiliklar

Realning kelajagi, Ayaks umidi va kichik Stankovich. Sobiq top futbolchilarning o'g'illarida nima gap?

Buffon, Ibragimovich va boshqa yulduzlarning o'g'illari ham katta sahnaga sekin-asta yaqinlashib kelishmoqda.

Bazan shunday bo'ladiki, o'g'illar otalarining "ishini" chiroyli davom ettiradi. Bu haqida gap ketarkan Shmeyxel yoki Maldini sulolasi yodga tushadi. Tabiiyki, bu borada hammada ham muvaffaqiyatga erisha olmaydi. 

Kuni kecha Robin van Persining o'g'li – Shakil – «Feyenoord» safidagi birinchi gollarini urdi. Xo'sh, yaqin o'tmishning yorqin yulduzlaridan kimlarning o'g'illariga etibor qaratsak bo'ladi? Bugun shu haqida gaplashamiz.


Zlatan Ibragimovichning o'g'li — Maksimillian Ibragimovich, "Ayaks"

"Milan" o'rinbosarlar jamoasi hujumchisi oxirgi kunlarda media etiborini o'ziga qarata oldi — ijara huquqi asosida «Ayaks»ga o'tdi. U erda 27-raqamni olib, futbolning tajribali muxlislarini  xotiralar og'ushiga sho'ng'ishga majbur qildi. Maksi 19 yoshda u vinger yoki hujumchi ortida ko'proq o'ynaydi, otasidan bo'yi biroz pastroq. Lekin maydonda ko'proq harakat qiladi.

Joriy mavsum Ibragimovich «Milan» safida D Seriyada to'p tepdi va hattoki asosiy jamoa bilan Italiya Superkubogiga ham borib keldi. Endi uning kollekciyasida zaxira o'rindig'ida Modrich bilan  surat bor. Ikkinchi jamoa safida gol+pas tizimida 5+4 natija qayd etdi. Niderlandiyaga ko'chib o'tgach, "Milan"da ikkinchi Ibragimovich — Vinsent qoldi, u U-18 jamoasida to'p tepmoqda.


Janluijji Buffonning o'g'li — Lui Buffon, "Piza"

Jijji Buffonning o'g'li haqida bildirgan fikrlarini keskin citatalar sirasiga kiritish mumkin. "U hali hech nimaga erishmadi». «Uning futbolchi bo'lish imkoniyatlari 0,5%ga teng». «Barchasi juda tez yuz bermoqda va bu u uchun yomon».

Balki u shu yo'l bilan Lui bo'shashishiga yo'l qo'ymaslikni niyat qilgandir. Oxirgi fikri o'g'lining A Seriyadagi debyutidan keyin aytilgandi: "Piza" safida oxirgi 10 daqiqaga zaxiradan maydonga tushdi, otasidan keyin roppa-rosa 30 yil o'tib. Markaziy hujumchi mazkur material yozilayotganda, yani 22 yanvar holatiga asosiy jamoa safida 51 daqiqa maydonda harakat qildi. Hozircha u asosiy vaqtini o'rinbosarlar safida o'tkazmoqda, Chexiya o'smirlar termasi safida ter to'kmoqda va Evro U-17 saralashi doirasida xet-triklar qayd etmoqda.

Faoliyatini "Yuventus" akademiyasida boshlagan Luining ikkinchi ismi Tomas otasi Jijjining kumiri sharafiga qo'yilgan — Toma N’Kono — 80-yillarning kamerunlik darvozaboni.

Lui Buffon futboldagi ilk qadamlari haqida:

"Men ilk yutuqlarga erishib, maqtovlar eshita boshlaganimda onam va otam menga oilamizning 10 nafar azosi turli terma jamoalar futbolkasida maydonga tushganini hamda men qandaydir olamshumul narsa qilmaganimni eslatib qo'yishdi. Bu menga juda katta yordam berdi".


Marseloning o'g'li — Enco Alves, "Real" U-18

Marselodan yaqinda olingan intervyularidan birida yaxshi driblyor haqida so'rashganida braziliyalik «Real» yoshlar jamoasi azosini takidladi — va u o'zining o'g'lini aytgani yo'q. "Xuvenil A"da Gabri ismli futbolchi bor. U chinakam top, menga juda yoqadi. U yaqin kelajakda asosiy jamoada ham ko'rinish beradi, chunki juda yaxshi driblingga ega".

Ammo Enco Alves — ikkinchi jamoaning 16 yoshli forvardi va Marseloning o'g'lida ham — yaqin yillarda yorqin yulduzga aylanish imkoniyatlari etarlicha. U otasidan ajoyib to'p nazorati va yaxshi zarbani meros qilib olgan hamda yoshlar jamoalarida ishonchli harakat qilmoqda — 100 dan ortiq gol urishga ulgurgan! U-19 safida otasining ko'z o'ngida debyut qildi: zaxiradan o'yinga qo'shilgan Enco bir necha daqiqa o'tib, tovoni bilan chiroyli assist muallifiga aylandi. Noyabr oyida o'smirlar ECHLda debyut qildi, U-17 Ispaniya termasi safida 9-raqamda va sardorlik bog'ichi bilan harakat qiladi, 12 o'yinda 7 ta gol urgan.


Ronaldinoning o'g'li — Joao Mendes, "Xall Siti" U-21

Joao yoshlar futbolida qolib ketish xavfi bor. Yoki buni amalga oshira olsa-da, top klublar darajasigacha etib borishga vaqt etmay qolishi hech gap emas. Uning yo'liga nazar tashlasak: 14 yoshda «Kruzeyro»ga qabul qilinadi, keyin hattoki «Barselona» akademiyasigacha etib boradi. Etiborlisi, kataloniyaliklar sobiq yulduzning o'g'liga unchalik ham ishonishmagan, ikkilanishgan va hatto aynan uni ko'rib olish uchun o'rtoqlik uchrashuvi tashkillashtirishgan. Shunga qaramay, yakunda uni jamoaga qabul qilishgan.

Biroq oradan 1 yil o'tib, "Byornli"ga berib yuborishadi. O'rinbosarlar jamoasida 5 ta uchrashuv va hattoki bir nechta samarali harakatlar amalga oshiradi, ammo «Xall Siti» o'rinbosarlar safiga ko'chib o'tdi va hozirgacha — U-21 jamoa safida 68 daqiqa...

Joao 20 yoshda, hujumda o'ynaydi, uzoq planda otasini ham eslatib yuboradi, biroq faoliyati hozircha u qadar omadli chiqmayapti. Mana shu 1-2 yil uning uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, ko'ramiz, nima bo'larkan...


Deyan Stankovichning o'g'li — Aleksandar Stankovich, "Bryugge"

Tilga olinganlar ichida hozircha eng muvaffaqiyatlisi: 20 yoshli Aleksandar "Inter", "Bryugge" va Serbiya terma jamoasi safida to'p tepishga ulgurdi, bundan tashqari "Golden Boy"ga nomzodlar qatorida tilga olindi. "Inter" sobiq yarim himoyachisi Deyan Stankovichning uch o'g'lidan biri.

Aleksandar Stanovich Serbiya termasi safidagi debyut goli haqida

"So'z bilan tariflash qiyin. Bu haqida bolaligimda, otam terma jamoa safida to'p tepshini tomosha qilgan paytlarimdan orzu qilardim. Bu golni uzoq kutgandim".

Yozda "Bryugge" yarim himoyachini 9,5 mln evroga sotib oldi. Joriy mavsum u barcha musobaqalarni qo'shganda 2000 daqiqadan ko'proq maydonda harakat qildi va ECHLda gol urishga muvaffaq bo'ldi, hozir — Dortmundning "Borussiya"si, "Bayer", "Tottenxem" va "Arsenal" skautlarini uni kuzatib kelmoqda. Katta salohiyatga ega tayanch yarim himoyachisi.


Yana kimlar yaqin orada porlashi mumkin?

Krishtianu Ronaldu Junior: 15 yoshgacha futbolchilardan iborat Portugaliya terma jamoasida va "Al Nassr"ning turli yosh toifalaridagi jamoalari to'p tepmoqda;

Kay Runi — Ueyn Runining o'g'li: vinger "Manchester Yunayted" U-18 jamoasi safida harakat qilmoqda;

Robino Junior: "Santos"da Neymar bilan birga to'p tepishga ulgurdi va Braziliya futboli yulduzining fikriga ko'ra, undan umid katta;

Reygan Xeski — Emil Xeskining o'g'li: "Manchester Siti" o'rinbosarlari safida vinger va o'yinlari bilan Jeydon Sanchoni esga solib yuboradi. Undan tashqari bu jamoa safida Xeskining yana bir o'g'li Jeyden ham to'p tepmoqda. Shu bilan birga Reygan ham, Jeyden ham asosiy jamoa safida Liga Kubogi doirasidagi "Xaddersfild"ga qarshi bahsda debyut qilib ulgurdi.  

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика