"We will be back". Zlatan Ibragimovich Arnold Shvarcenegger bilan tushgan suratini namoyish etdi
24 jan 19:46
Yangiliklar
"We will be back". Zlatan Ibragimovich Arnold Shvarcenegger bilan tushgan suratini namoyish etdi
Shveciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Zlatan Ibragimovich Avstriyaning Kicbyuel tog'-chang'i kurortida mashhur gollivud akteri va Kaliforniya shtatining 38-gubernatori Arnold Shvarcenegger bilan uchrashib qoldi.
Ibragimovich o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasiga ushbu uchrashuvdan fotosurat joylashtirdi va unga "Terminator" filmidagi mashhur iboraga ishora qilib: "We will be back" ("Biz qaytamiz"), — deya izoh qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, 44 yoshli Zlatan 2023 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi. Faoliyati davomida u "Malmyo", "Ayaks", "Yuventus", "Inter", "Barselona", PSJ, "Manchester Yunayted", "Los-Anjeles Gelaksi" va "Milan" kabi grand jamoalar sharafini himoya qilgan. Yaqindagina shveciyalik yulduz o'z faoliyatidagi ulkan yutuqlari uchun UEFAning maxsus mukofoti bilan taqdirlangan edi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar