So’nggi yangiliklar

15:51Руни: "Бу "Манчестер Юнайтед" эмас. Мен бу футбол клубини танимаяпман"  0 15:25МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 Беларусга ютқазди  4 15:05Биласизми? "Насаф" ўз уйида шу пайтгача Саудия Арабистони клуби билан икки марта ўйнаган  1 14:43"Навбаҳор" футболчиси шартномани бир тарафлама бекор қилди. Клуб бир неча ойлик иш ҳақи бўйича қарздор  6 14:22Калмурза: "Реал"га қарши бутун мамлакат учун ўйнаймиз"  0 13:55"Бунёдкор" "Қўқон-1912" билан муроса кўчасини танлаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:25Бир ўйин тарихи. 2006 йилга қайтамиз. "Ал Ҳилол"нинг Қаршига биринчи ташрифи қандай якун топган?   10 13:24Амир Тўрақулов: "Ишонч, умид, муҳаббат" ибораси жамоамиз шиорига айланган"  0 12:55"Реал" афсонавий дарвозабон вафот этганини эълон қилди  0 12:28"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  2 12:00Футзал бўйича Олий лига. БМБ 10 та гол урди, ОКМК ва "Локомотив"да ишончли ғалаба  1 11:25"Қайрат" ва "Реал" ўртасидаги тарихий тўқнашувнинг бош ҳаками маълум  8 10:43Италия терма жамоаси собиқ устози "Ал Иттиҳод" бош мураббийи бўлиши мумкин  0 10:15"Реал" сардори бир ойга сафдан чиқди  6 09:41"Манчестер Сити" етакчиси EЧЛнинг 2-турида тушмаслиги мумкин  6

Ibragimov, G'aniev va Zokirov “Qo'qon-1912” ko'rigida Yangiliklar

Ibragimov, G'aniev va Zokirov “Qo'qon-1912” ko'rigida

Teglar :  Qo'qon-1912
Qo'qonliklarning 17 dekabrdan yig'inni boshlagani to'g'risida xabar bergandik.

Jamoa bugundan ikki mahal mashg'ulot olib bormoqda. Bosh murabbiy Murod Ismoilovga yordamchilar Vadim SHodimatov bilan Muhsin Nizomiddinov yaqindan ko'maklashmoqda. Joriy mavsum “Qo'qon-1912” sharafini himoya qilgan Ilhom Komilov, Aleksey Nikolaev, Suhrob Qobilov, Hasanboy Ergashev kabi futbolchilar mazkur yig'inga taklif etilmagan. Aftidan ular endi o'ziga yangi jamoa topadi. Huquqiy jihatdan “Lokomotiv”ga tegishli bo'lgan Quvondiq Ro'ziev va Doniyor Usmonov  “temiryo'lchilar” ixtiyoriga qaytgan. Yarim himoyachi Sardor Eminov esa “Neftchi”dan tushgan taklifni qabul qilgan. Rossiyalik himoyachi Igor Golbanning yana qo'qonliklarning tarkibiga qaytishi ham hozircha so'roq ostida.

Jamoa tarkibiga yangi kelib qo'shilgan futbolchilardan esa Azizxon Ibragimov, Otabek Zokirov va Izzat G'anievni aytish mumkin. Joriy mavsumni birinchi liga qatnashchisi “Cementchi” safida o'tkazgan Ibragimov farg'onalik bo'lib, 1987 yilda tavvallud topgan. Hujumkor yarim himoyachining o'z vaqtida oliy liganing “Neftchi” va “Metallurg” jamoalarida o'ynaganini eslatish joizdir. Zokirov esa yakunlangan mavsumda Samarqandning “Dinamo” klubi sharafini himoya qilganini ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak. G'aniev esa “Qo'qon-1912”ga begona emas. Sababi Izzat bu yilgi chempionatni aynan “shunqorlar” safida boshlab, davralar oralig'ida “So'g'diyona”dan tushgan taklifni qabul qilgandi. Umuman olganda Zokirov bilan G'anievning imkoniyatini bosh murabbiy Murod Ismoilov juda yaxshi biladi. CHunki ilgari bu futbolchilar “Neftchi”da Murod Muzaffarovichning qo'li ostida o'ynagandi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика