So’nggi yangiliklar

12:05"Рома" А Сериядаги мағлубиятсиз сериясини 17 ўйинга етказди  0 11:41Иммобиле Италияга қайтиши мумкин?  1 11:18Нико Уильямс МЮ билан ўйин ҳақида: "Фаворит йўқ, улар АПЛда пастда жойлашишган. Биз "Атлетик Бильбао" нималини кўрсатишга ҳаракат қиламиз"  6 10:54Раньери «Рома»нинг «Верона» устидан қозонилган ғалабасига муносабат билдирди  1 10:27Про лига. Бугун 3-тур якунланади  0 09:56«Барселона»да «Реал»га қарши учрашувдан аввал катта йўқотиш бор  6 09:26«Верона»га қарши учрашувдан сўнг Шомуродов ўз фикрларини билдириб ўтди  4 08:58Улуғбек Бакаев: "Гол ўтказиб юборган вазиятимиз ва пенальти белгиланган вазият бўйича ҳам саволларим бор"  13 08:31Исломбек Исмоилов – истеъдодларга тўла жамоа билан мукаммал ишни бажаришга яқин: ОФК расмий саҳифаси Исломбек Исмоилов ҳақида катта мақола эълон қилди  10 08:03Sofascore. Жамоасига ғалаба тақдим этган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:37Суперлига. Бугун Олмалиқ ва Андижонда ўйинлар бор  5 07:05U-17 Осиё кубоги. Бугун ФИНАЛ!  26 02:35Асрор Алиқулов: "Рақибда 65-70 дақиқалардан сўнг бўшлиқлар пайдо бўлишини кутгандик"  1 02:14Анвар Бердиев: "Ўйин битта голгача бўлди, уни эса "Машъал" урди"  5 02:00Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда 90+3 дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда аутсайдерлардан бирига мағлуб бўлди  7

Husniddin G'ofurov: “Yavor” yangi tarix yaratmoqchi” Yangiliklar

Husniddin G'ofurov: “Yavor” yangi tarix yaratmoqchi”

Serbiya Superligasida ishtirok etuvchi “Yavor” klubida o'zbekistonlik Husniddin G'ofurov faoliyat olib borayotganidan ko'pchilikning xabari bo'lsa kerak.

SHu hafta so'nggida Serbiyada yangi mavsum start oladi. Biz hamyurtimiz bilan aloqaga chiqib yangi mavsum va o'tgan mavsum haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Serbiya chempionatining yangi mavsumiga tayyorgarlik qanday olib borildi?

- Yangi mavsumga tayyorgarlik yaxshi kechdi deb ayta olaman. Yig'in o'zimizda, Ivanica shahrida o'tkazildi. Rossiyaning “Mordoviya”, CHernogoriyaning “Napredak” va “Rudar” klublari bilan o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazdik. 23 iyul kuni Serbiya chempionatining yangi mavsumini safarda "Radnik Surdulica" klubiga qarshi o'yin bilan boshladik.

- Yozda boshqa klublardan takliflar bo'lmadimi?
- Mavsumlar oralig'ida menga Superliganing boshqa klublaridan takliflar tushdi. Hozircha transfer oynasi yopilishiga vaqt bor.

- “Yavor” bilan shartnomangiz qachon tugaydi?
- Klub bilan tuzgan shartnomam yana yarim yil amalda bo'ladi. Yani yil oxirigacha huquqiy jihatidan “Yavor”ga tegishliman. 


- O'tgan mavsum klub mavsumning birinchi qismini 9-o'rinda yakunladi. Ligada qolish uchun o'tkazilgan bahslardan so'ng 13-o'rin egallandi. Jamoa rahbariyati bu natijani qanday qabul qildi?
- O'tgan mavsumga kelsak Superligani yaxshi boshlagandik. Biroq mavsum o'rtalariga kelib natijalar pasaya boshlandi. Serbiya kubogida esa “Yavor” finalga qadar etib bordi. SHu bois bizga u qadar katta etiroz bo'lmadi. Klub o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogi finalida ishtirok etdi.

- Serbiya kubogining hal qiluvchi o'yinida "Partizan"ga yutqazib qo'yildi. O'sha finalda “Yavor”ga nima etishmadi?

- Finalni jarohat olganim tufayli o'tkazib yubordim. SHu bois bahsni tribunada tomosha qildim. O'sha kun faoliyatimdagi og'ir kunlardan biri bo'lgandi. “Partizan” nafaqat Serbiyada balki Evropada ham o'z o'rniga ega bo'lgan jamoalardan biri, buni barcha bilsa kerak. Finalda yomon o'yin bo'lmagandi, o'zimizning xatolar tufayli mag'lub bo'ldik deb o'ylayman.

- Ivanica shahri haqida nima deya olasiz?

- Ivanica mo'jazgina shaharcha. Taxminan 30 ming aholiga ega. Bu erning odamlari juda ajoyib. Deyarli barcha bir-birini taniydi.

- Klub stadioni 4000 kishiga mo'ljallangan ekan. Tomoshabinlar tashrifi qanday?

- To'g'ri stadionimiz kichkinagina. Har bir bahsda o'rtacha 1000 nafar tomoshabin keladi. Agar raqib “Crvena Zvezda” yoki “Partizan” bo'lsa stadion deyarli to'ladi.

- “Yavor” safida ko'plab legionerlar bor. Jamoadagi legionerlar haqida qanday fikrdasiz?

- Jamoamizda legionerlar ko'p emas. Yig'inlar paytida bir qator legionerlar ko'rikdan o'tishadi, murabbiylar ularni saralab olishadi. Ko'rikda murabbiylarda yaxshi taassurot qoldirganlar jamoada qolishadi.

- O'tgan mavsumda Serbiya ligasida eng kuchli 3 nafar legioner futbolchi kim?

- O'tgan yil “Crvena Zvezda” tarkibida o'ynagan 3 nafar legionerni eng kuchli deb aytgan bo'lardim. Bular Luiz Ibanez, Ugo Vieyra va Mitchell Donald. Portugaliyalik Vieyra o'tgan mavsumda Superligada to'purar bo'ldi.

- Bosh murabbiy sizni qaysi ampluada o'ynatmoqda?

- Klub murabbiyi bilan aloqam juda yaxshi. U meni qanot yarim himoyachisi o'rnida o'ynatmoqda. Bu joyda o'ynashga ko'nikib ketganman. SHu bois hech qanday qiyinchilik tug'ilayotgani yo'q.

- Futbolchilik faoliyatingizni qanday boshlagansiz?

- Yoshligimda Farg'ona futbol liceyida tahsil olganman. U erdan keyin ikkinchi ligada Xushbek aka Qosimov jamoasida o'ynaganman.

- SHu darajaga chiqishda qaysi murabbiylarning xissasi katta bo'ldi deb hisoblaysiz?

- Bu darajaga etishimga Oltiariqdagi murabbiylarimning xissasi juda katta. Ular mening birinchi murabbiylarim hisoblanadi. Bundan tashqari “NBU-Osiyo” klubida birga ishlagan bosh murabbiy Muxtor Qurbonovga ham rahmat aytaman. Aynan shu kishi menga ishonch bildirib birinchi ligada o'ynatgandi.

- Serbiyada "Belgrad derbisi" deb nomlangan “Partizan” – “Cervena Zvezda” uchrashuvi bor. Ushbu bahsga qiziqib bo'lsa ham bordizmi?

- Albatta bu ikki klub o'rtasidagi derbi doim keskin o'tadi. Biroq ko'pincha bizning o'yinlar yoki mashg'ulotlar vaqtiga to'g'ri kelib qoladi. Boshqa vaqtda esa bu derbini faqat televizor orqali tomosha qilganman.


- O'zbekistonda ko'plab serbiyalik umuman bolqonlik futbolchilar to'p tepishadi. Siz esa aksincha Serbiyada o'ynaysiz. Qachon ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar Serbiyada o'ynay olishadi?
- To'g'ri serbiyalik ko'plab futbolchilar O'zbekistonda o'ynashlarini bilaman. Kelajakda o'zbekistonlik futbolchilar ham Serbiya Superligasida ko'pchilikni tashkil etishiga ishonaman.

- Yangi mavsumda “Yavor” klubining maqsadi qanday?

- Klubning yangi mavsum uchun maqsadi yanada yuqori natija qayd etish. Futbolchilar va murabbiylar klub tarixida yangi sahifa ochishmoqchi. Buning uchun kuchimiz etadi deb o'ylayman.

- Husniddin G'ofurovning shaxsiy maqsadichi?

- Mening maqsadim esa klubga foyda keltirib jamoa bilan yaxshi natijalarga erishish. Nasib qilsa yanada kuchliroq ligaga o'tmoqchiman. Menga Serbiya chempionatida juda yoqadi. Niyatim “Yavor”da o'zimni yanada yaxshiroq namoyish etib kelajakda Evropaning kuchliroq chempionatiga yo'l olish.

- O'zbekistondagi muxlislarga tilaklaringiz?

- Muxlislarga faqat sog'-salomat bo'lishlarini tilayman. Ular futbolchilarni qo'llab-quvvatlab turishlarini iltimos qilardim.

Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика