Rasman: Dilshod Ahmadaliev – "Bunyodkor" futbolchisi!
08 jan 00:30
Yangiliklar
Rasman: Dilshod Ahmadaliev – "Bunyodkor" futbolchisi!
Toshkentning "Bunyokdor" klubi Dilshod Ahmadaliev bilan shartnoma imzolanganini malum qildi.
"Dilshod Ahmadaliev - o'zimizning “qaldirg'och”
Muxlislarimizni yana bir ajoyib transfer bilan xursand qilamiz.
Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi, tajribali himoyachi Dilshod Ahmadaliev bir necha yillik ayriliqdan so'ng yana o'z uyiga qaytdi.
2026 yilgi mavsumni “o'z uyi”da o'tkazadigan himoyachi tajribasi bilan “Bunyodkor”ning g'alabalariga hissa qo'shadigan umiddamiz!
Malumot uchun: DILSHOD AHMADALIEV
Tug'ilgan sanasi: 2 noyabr, 1994 yil
Ampluasi: o'ng qanot himoyachisi", -deyiladi "Bunyodkor" klubi rasmiy xabarida.
Eslatib o'tamiz, Dilshod Ahmadaliev 2021 yildan beri OKMK safida to'p surib kelgandi. U o'tgan mavsum Superliganing barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi va 5 ta golga assistlik qildi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar