Hoylund APL tarixiga kirdi
19 fev 2024 07:41
Yangiliklar
«Manchester Yunayted» forvardi APL 25-turida dastlabki 7 daqiqada dubl qayd etdi.
Birinchi to'p 37-soniyada kiritildi. Bu — MYU uchun liga tarixida safarda urilgan eng tezkor gol. SHuningdek, bungacha mankunianliklar Premer-liga safar o'yinlarida 7-daqiqaga kelib, 2:0 hisobida oldinda borishmagandi.
SHuningdek, daniyalik 21 yoshu 14 kunlik forvard APLda qatorasiga 6-o'yinida gol urdi va bunday seriya qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. U Jo Uillokning rekordini (21 yoshu 272 kun) yangiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar