Hindiston to'purari Sunil CHetri: "O'zbekiston Avstraliya emas, biroq..."
15 jan 2024 13:46
Yangiliklar
Hindiston to'purari Sunil CHetri: "O'zbekiston Avstraliya emas, biroq..."
Hindiston terma jamoasi hujumchisi Sunil CHetri Avstraliyaga qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashar ekan, bor etiborni O'zbekiston bilan bellashuvga qaratishini takidladi.
"Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurashish oson emas. Biz bunday darajadagi jamoalar bilan o'yin o'tkazishga o'rganmaganmiz, chunki doimiy ravishda bunday darajadagi jamoalar bilan uchrashavermaymiz. SHu bois, ulardan nima kutishni bilmaymiz. Endilikda xatolarni o'rganib, ularni tuzatish ustida ishlaymiz.
O'zbekiston Avstraliya singari jamoa emas, biroq kuchli raqib sanaladi. Demak, bu o'yin ham biz uchun katta qiyinchilik ostida o'tadi", – dedi 39 yoshli futbolchi.
Malumot uchun, Sunil CHetri terma jamoa libosida 93 ta gol urgan holda turnir ishtirokichlari orasida terma jamoa safida eng ko'p gol urgan futbolchi bo'lib turibdi.
Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi 2-turidan o'rin olgan Hindiston – O'zbekiston uchrashuvi 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar