Hindiston termasi sardori Sunil CHetri: "O'zbekiston bilan o'yinda yana ko'p narsani o'rganishimiz keraklini angladik"
19 jan 2024 19:32
Yangiliklar
Hindiston termasi sardori Sunil CHetri: "O'zbekiston bilan o'yinda yana ko'p narsani o'rganishimiz keraklini angladik"
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston termasi kecha Hindistonni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi. Hindistonliklar sardori, 39 yoshli Sunil CHetri o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Oxirgi besh yilda Hindiston katta o'sishga erishdi. Biroq, O'zbekistonga qarshi o'yinda yana ko'p narsa o'rganishimiz kerakligini angladik. Katta jamoalarga qarshi o'yinlarda ko'pincha shunday bo'ladi. Avstraliya va O'zbekiston kabi terma jamoalarga to'qnash kelish oson bo'lmaydi.
Bu o'yindan yaxshi jihatlarni ko'radigan bo'lsak, jamoadoshlarim o'zlarida bor barcha kuchni o'yinga tashlashdi. Birinchi bo'limdagi qo'pol xatolar juda qimmatga tushdi. O'yinni analiz qilib, aynan qaysi nuqtalarda sust harakat qilganimizni aniqlab olishimiz lozim", -dedi Sunil CHetri.
Malumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi uchinchi tur o'yinini Avstraliyaga qarshi o'tkazadi. Bu uchrashuv 23 yanvar kuni, Toshkent vaqti bilan soat 16:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar