Hindiston darvozaboni O'zbekistonga qarshi o'yinda jamoasiga nima motivaciya berishini aytdi
18 jan 2024 16:01
Yangiliklar
Hindiston darvozaboni O'zbekistonga qarshi o'yinda jamoasiga nima motivaciya berishini aytdi
Hindiston terma jamoasi darvozaboni Gurpet Sinx O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.
"Jamoamiz musobaqa avvalidan ochkolar tashna edi. Endilikda buni isbotlash uchun harakat qilamiz. Dastlabki o'yinda hech narsaga erisha olmadik, biroq jamoa sifatida ijobiy xarakter ko'rsata oldik. O'zbekistonga qarshi o'yin qiyin o'tadi, lekin qo'lga kiritilishi kerak bo'lgan ochkolar bizga motivaciya beradi. Barchamiz shu ilinjda maydonga chiqamiz. Biz o'zimiz va muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — dedi 31 yoshli posbon.
Eslatib o'tamiz, o'yin Toshkent vaqti bilan 19:30da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar