So’nggi yangiliklar

08:10Анчелотти Бразилия МТЖга мамлакат футболи афсонасини ёрдамчи мураббий сифатида таклиф қилмоқчи  0 07:37Ўзбекистон кубоги. Бугун 3-тур давом эттирилади  0 01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  8 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  7 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  5 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  19 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  49

"Haqiqiy o'zbekcha futbol biz Toshkentda ko'rayotgan o'yinlarda namoyish etilmoqda. Namangandagi o'yinni qo'rqoqcha futbol deyishadi..." Yangiliklar

"Haqiqiy o'zbekcha futbol biz Toshkentda ko'rayotgan o'yinlarda namoyish etilmoqda. Namangandagi o'yinni qo'rqoqcha futbol deyishadi..."

Taniqli insayder SHahboz Beg'amov o'z telegram kanalida terma jamoalarimizga atalgan navbatdagi xabarni chop etdi.

Tahlil

Dastlab chetlatish haqida: Nematov tezkorlik bilan to'pni o'yinga kiritib, qarshi hujumni boshlamoqchi edi. Biroq futbolda bo'lganidek raqib uning bu rejasiga to'sqinlik qilmoqchi bo'ldi. Negadir Abduvohid oddiy vaziyatda asablarini jilovlay olmay, yosh bolalarcha qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Yani tirsagi bilan raqibga zarba berdi. Futbolchi VAR ishlayotganini bila turib bunday qo'pol xatoga yo'l qo'ymasligi kerak. Uning xatosi yakunda juda qimmatga tushishi mumkin edi. O'yin boshidayoq jamoasini 1 kishi kam va penalti orqali o'tkazilgan gol bilan juda noqulay holatga tushirdi. Nematov uchun endi musobaqa tugadi, chunki chetlatish kamiga 2 o'yinga o'tadi. Kapadze esa Nematov bilan kelajak uchun ham jiddiy gaplashib, tartibga solishi kerak. Umuman rejalashtirilmagan va xayolga kelmagan xato bo'ldi.

Nazarov o'tkazgan ikkinchi gol haqida: Raqib futbolchisi qanotdan kelib odatda to'pni jarima maydonchasiga oshiradi. Nazarov ham buni albatta bildi va vaziyatdan ilgarilab ketishga urindi. Yani raqibning rejasini o'qiyman deb ikki qadam oldinga qadam tashlab, hayolan oshiriladigan to'pni ushlab olmoqchi bo'ldi. Nazarov juda aqlli o'yladi, to'g'ri. Lekin raqib futbolchisi undanda aqlli chiqib, Nazarovning bu uslubini o'qiy oldi. CHunki Nazarov bundan avvalgi 1-2ta vaziyatda aynan shunday vaziyatni oldindan o'qiy olish qobiliyatini ishga solib xavfni bartaraf etgandi. Natijada Nazarovning bu uslubini raqiblar ikkinchi bo'limda tezda o'qiy olishdi va bu biz uchun gol bilan tugadi. Nazarovning vaziyatni oldindan o'qiy olishi futbol tushunchasi, intellekti yuqoriligini anglatadi, to'g'ri. Lekin Nazarov raqiblarni esdan chiqarmagani va malum standart bo'yicha pozicion to'g'ri harakatlanishi etarli. Ortiqcha tavakkal qiladigan darajadagi raqiblar yo'q buyog'iga.

Ko'pchilik etiroz qilgan (ko'proq sharhda eshitdim etirozlarni) hakam haqida: Ochig'i, hakamning hech bir qarori bizning zararimizga atay qilingani yo'q. Qizil shubhasiz, penalti tepganimizni ham unutmang va Jiyanovga berilmagan toza qizilda esa hakam bizga "domashnaya simpatiya" qildi, deb hisoblasak bo'ladi. Yani, hakamga biz tarafdan zarracha etirozga o'rin yo'q. Etiroz bo'ladigan bo'lsa, unda bu o'sha odamlarning futbol tushunchasining darajasi pastligi yoki o'ta noxolisligi bilan bog'liq!

Kapadze faktori! Kapadzening jamoasi va g'alaba toza murabbiyniki. Nega? Albatta maydonda javlon urgan barcha futbolchilarning mehnatini unutmaymiz. Ular hammasini alo darajada bajarishdi, 1 kishi kam bo'lib qolgan kemtikni ham ortig'i bilan yopib, o'yinda deyarli to'liq ustunlik bilan o'ynashdi. Ammo ularning bunday jozibador va chiroyli o'yinini tashkillashtirgan kim? Albatta murabbiyda! Kapadzega tasanno! 

Kapadze 7 uxlab ham uchrashuvning 10 daqiqasidayoq to'p o'zimizda bo'lgan vaziyatdan yosh bolalarcha harakat va penaltining bonusiga darvozabon chetlatilishini kutmagani aniq. Bunday pallada jamoani o'yinda saqlab qolish bilan birgalikda ustunlikni ham taminlab, vaziyatni xotirjam o'z tomoniga og'dira olgan murabbiyning taktik rang-barangligi, asosiy futbol falsafasidan chekinmay qiyin vaziyatlardan oqilona chiqib ketishi va jamoa ruhiyatini bir maromda ushlab qolishi katta murabbiy ulg'ayotganidan darak.

Namanganda Maldiv bilan uzun paslarga asoslangan, raqibning texnik xatolari va futbolchilarimizning individual yuqori malakasi tufayli g'alaba qozonatgan milliy jamoamiz fonida Kapadze Iroqqa qarshi o'yinda sodir etgan ish ikki karra qadrli.

Yana bir jihatni unutmaylik, Osiyo chempionati oldidan Ibrohimhalil, guruh bosqichida esa Ibragimov jarohati tufayli safdan chiqdi. Ikkalasi asosiy tarkib futbolchilari. Lekin Kapadze jamoasining o'yin sifatiga bu jihat hech qanday putur etkazgani yo'q. CHunki murabbiy ijrochilar kim bo'lishidan qatiy nazar o'yin falsafasini o'zgartirmayapti va ularga qaysi uslubda o'ynash kerakligini tushuntiryapti xolos. Naryog'da esa malakasi yanada kuchli ijrochilarni yig'gan murabbiy Maldiv bilan o'yinda raqibni o'z hududida kutib olish bilan band. Maldiv bilan o'yinda man ko'rgan daqiqalarda milliy jamoamiz biror marta pressing ham qilmadi...

Qaysi jamoa milliy ekanligini ham tushunmay qolasan kishi. Raqib o'rtasidagi farqni esa aytmang... Hamma gap murabbiyda!

Ajoyib jamoa uchun Kapadzega tasanno! Haqiqiy o'zbekcha futbol biz Toshkentda ko'rayotgan o'yinlarda namoyish etilmoqda. Namangandagi o'yinni qo'rqoqcha futbol deyishadi...

Olg'a, O'zbekiston! CHempionlik sari olg'a!

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика