So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  1 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Hane Cup-2019. Bunyodkor-2005 ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi Yangiliklar

Hane Cup-2019. Bunyodkor-2005 ikkinchi o'yinda ham g'alaba qozondi

Turkiyaning Antaliya shahrida Hane Cup-2019 musobaqasi davom etmoqda.

Bugun turnirdagi ikkinchi o'yinini o'tkazgan «Bunyodkor-2005» navbatdagi g'alabasini qo'lga kiritdi. Kechagi uchrashuvdan farqli ravishda bugun «qaldirg'ochlar» jiddiy qarshilikka duch kelishdi. Gruziyaning «Dinamo-Batumi» jamoasiga qarshi o'ynagan Doniyor Usmonov shogirdlari har bir bo'limda bittadan gol urib, uch ochkoni o'ziniki qildi. Birinchi bo'limda futbolchimiz qizil kartochka olib maydonni tark etishga majbur bo'ldi va jamoa o'yin so'nggiga qadar bir kishi kam bo'lib harakat qildi. Unga qadar raqib penalti tepishga muvaffaq bo'ldi, lekin foydalana olmadi. Bahs avvalida hammasi biz uchun teskari ko'rinish olgan bo'lsa-da, bolalar o'zini yo'qotib qo'ymadi. Aksincha, 20-daqiqada penaltidan hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limda g'alaba olib kelgan gol ham raqib darvozasidan joy oldi.

«HANE CUP-2019»
«Dinamo-Batumi» (Gruziya) - «Bunyodkor» - 0:2
«Bunyodkor»:
Ali Erkinov, Abdurahmon Sulaymonov, Narimon Ahmadjonov, Asadbek Jamolov, Behruzbek Mahmudov, Diyorjon Tolibjonov (Muhammaddiyor Bahodirov, 40), Muzokir Malikov, Sobir Rishiddinov, Iskandar Soliev (Sardorbek SHoyimqulov, 55), Temur Baxtiyorov (SHoyusuf Erkinov, 45), Doniyor Xayrullaev (Ramziddin Muhammedov, 50).
Gollar: Sobir Rishiddinov, 20-penaltidan – 0:1. Iskandar Soliev, 55 – 0:2.
Ogohlantirish: Sobir Rishiddinov, 35.
CHetlatish: Behruzbek Mahmudov, 10.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика