So’nggi yangiliklar

21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  3 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  1 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  16 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  64 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4

Hammasi Braziliyada bo'lib o'tayotgan U-17 jahon chempionati haqida Yangiliklar

Hammasi Braziliyada bo'lib o'tayotgan U-17 jahon chempionati haqida

Kecha Braziliyada o'smirlar o'rtasida navbatdagi U-17 jahon chempionati start oldi.

Ushbu musobaqa aslida 5-27 oktyabr kunlari Peruda bo'lib o'tishi lozim edi, biroq Peru davlati tashkiliy masalalar bo'yicha muammolarga duch kelishini malum qilgach FIFA mezbonlikni Braziliyaga topshirdi. Mazkur musobaqa 26 oktyabr - 17 noyabr oralig'ida o'tkaziladi. 


Ishtirokchi davlatlar 

U-17 jahon chempionatida oltita konfederaciyadan 24ta davlat ishtirok etyapti. 

OFK - Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tojikiston.

Afrika - Kamerun, Nigeriya, Angola, Senegal. 

KONKAKAF - Kanada, AQSH, Meksika, Gaiti. 

KONMEBOL - Braziliya, Argentina, CHili, Ekvador, Paragvay. 

Okeaniya - Yangi Zelandiya, Solomon orollari. 

UEFA - Franciya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Vengriya. 


Guruhlar bilan tanishing 

24 jamoa to'rttadan 6 guruhga bo'lingan. Har bir guruhdan 2tadan jamoa avtomatik ravishda keyingi bosqichga yo'l oladi. SHuningdek, uchinchi o'rin egalari orasida eng yaxshi ko'rsatkich qayd etgan 4ta jamoa ham chorak finalda o'ynaydi. 

"A" guruhi - Braziliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Angola. 

"B" guruhi - Nigeriya, Vengriya, Ekvador, Avstraliya. 

"C" guruhi - Janubiy Koreya, Gaiti, Franciya, CHili. 

"D" guruhi - AQSH, Senegal, Yaponiya, Gollandiya. 

"E" guruhi - Ispaniya, Argentina, Tojikiston, Kamerun. 

"F" guruhi - Solomon orollari, Italiya, Paragvay, Meksika. 


Favoritlar kimlar? 

Mutaxassislar ushbu musobaqaning asosiy favoriti sifatida Nigeriyani ko'rsatishmoqda. SHuningdek, Gollandiya, Braziliya, Franciya, Italiya va Ispaniyadan ham chempionlikni kutsa bo'ladi. U-17 jahon chempionatining amaldagi g'olibi Angliya o'smirlar terma jamoasi hisoblanadi. 

2017 yil Hindistonda bo'lib o'tgan musobaqada Angliya chempionlikni qo'lga kiritgan edi. Lekin inglizlar shu yilning may oyida Irlandiyada o'tkazilgan U-17 Evropa chempionatida guruhdan chiqa olishmadi. SHu bois Braziliyada bo'lib o'tayotgan musobaqada Angliya yo'q. 


Bo'lajak yulduzlarni tarbiyalab beradigan musobaqa 

Hech ikkilanmay U-17 jahon chempionati bo'lajak dunyo yulduzlarini tarbiyalab beradigan musobaqa desa bo'ladi. CHunki shu paytgacha 17 bor o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati o'tkazilgan bo'lsa, bunda ishtirok etgan 210 nafar futbolchi keyinchalik kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida ham to'p surgan. 

O'z paytida U-17 jahon chempionatida porlagan o'yinchilar qatoriga Karlos Teves, Neymar, Son Xyong Min, Ronaldino, Fabregas, David Silva, Emmanuel Peti, Janluiji Buffon, Xavi, Toni Kroos, Alessandro Del Pero, Lendon Donovan kabi yulduzlarni qo'shsa bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика