So’nggi yangiliklar

01:35Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" меҳмонда "Аланяспор" билан дуранг ўйнади, Алиқулов тўлиқ ўйнади  1 01:31"Бавария" — Германия Суперкубоги соҳиби  0 01:07U-21 биринчилиги. Йовович ва Марушич "Насаф"га гол урди, "Сўғдиёна"дан суперкамбэк, пешқадамдан мағлубият  0 00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  4 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   47 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  26 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23

Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida muxlislarga murojaat qildi! Yangiliklar

Hamidjon Aktamov matbuot anjumanida muxlislarga murojaat qildi!

"Bunyodkor" - "Qizilum" (0:1) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi.


- G'alaba uchun barchaga rahmat. Toshkentga faqat g'alaba maqsadida tashrif buyurgandik. Xudoga shukur, muhim uch ochkoni qo'lga kiritishni uddaladik. Avvalambor Navoiydan kelgan 500dan ortiq muxlislarimizga katta rahmat aytmoqchiman. Ular bizni juda faollik bilan qo'llab-quvvatlashdi. Futbolchilarimiz barcha berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Tan olish kerak, bugun jamoamiz kuchli o'ynadi. "Bunyodkor"ga nisbatan bizda gol urish uchun vaziyatlar ko'p bo'ldi. O'yinga o'z rejamiz bor edi. Bizda "A" reja hamda "B" reja uchrashuv boshlanishi oldidan mavjud edi, - dedi Hamidjon Aktamov.

SHu o'rinda "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov muxlislarga alohida murojaat qildi:

- Muxlislarga iltimos qilaman, futbolda g'iybat, futbolchilar, murabbiylarni orqasidan gap qilish kerak emas. Futbolchilar ham, murabbiylarni ham ruhan ko'tarish kerak. Qachonki ularni ruhan ko'tarib, ularga dalda bersak, futbolimiz rivojlanadi. Futbolda ko'p narsa ruhiy tomonlama tayyorlanishga bog'liq. Hozir barcha futbol o'ynashni biladi. SHuni iltimos qilardimki, meni bu gaplarimni barcha o'qishini, eshtishini iltimos qilaman. Boshqa gapim yo'q. Bizga g'alaba kerak edi va buni uddaladik. Bu futbol. Unda kimdir yutadi, kimdir esa yutqazadi. "Bunyodkor"ga keyingi bahslarda omad tilayman.

Jasur Hasanov ham, Artur Gevorkyan ham zo'r o'ynashdi. Ularning bugungi g'alabaga qo'shgan hissalari salmoqli. Futbolchilarimga meni ko'zim bilan qarang, ular qanday zo'r o'ynashganini ko'rasiz.


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика