So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Hamidjon Aktamov ketma-ket ikkinchi marta "Qizilqum" o'yinida ko'rinish bermayapti Yangiliklar

Hamidjon Aktamov ketma-ket ikkinchi marta "Qizilqum" o'yinida ko'rinish bermayapti

Bugun Superligada 3-tur doirasidagi "Mashal" - "Qizilqum" uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Etiborlisi ushbu bahs qaydnomasiga ikkala jamoaning ham bosh murabbiyi yozilmagan. "Mashal"da mavsum boshidan buyon Dilyaver Vaniev katta murabbiy sifatida qayd etilmoqda, rasmiy bosh murabbiy Zoir To'raqulov umuman qaydnomaga kiritilmayapti.

"Qizilqum"da dastlabki ikki turda qaydnomada bosh murabbiy Hamidjon Aktamov nomi yozilgandi. Ammo 2-turdan o'rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi vaqtida Aktamov Toshkentda edi. O'sha o'yindan keyingi matbuot anjumanida katta murabbiy Obid Xudoyorov ishtirok etgandi. Bugungi o'yinda Aktamov ham, Xudoyorov ham qaydnomadan joy olishmagan. "Qizilqum" U-21 jamoasi bosh murabbiyi Akmal Xoliqov murabbiy sifatida yozilgan. 

Eslatib o'tamiz, 2-turdan oldin sobiq hakam Hasan Ro'ziev "Qizilqum" prezidenti etib tayinlangan edi. 2018 yil avgust oyida Hamidjon Aktamov "Metallurg"ga qarshi Bekoboddagi o'yindan keyin Ro'zievni keskin tanqid qilib "Bugun Hasan Ro'zievning o'yini bo'ldi" deb aytgan edi. Keyinroq Hasan Ro'ziev intervyu berib Aktamovdan uzr so'ragan edi.


Agar o'yindan keyingi matbuot anjumaniga To'raqulov va Aktamov kelmasa PFL reglament bo'yicha ikkala murabbiyga ham jarima qo'llashi shart. CHunki 1-turda "So'g'diyona" ustozi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumaniga kirmagani uchun jarimaga tortilgandi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика