So’nggi yangiliklar

01:11Акмал Рустамов: "Агар вазиятларимиздан фойдаланганимизда бугун уч очкони олиб кетардик"  0 00:17Инзаги Нуньесни "Ал Ҳилол"да кўрмоқчи. "Ливерпуль" ҳужумчига музокара ўтказишга рухсат берди  0 23:50Пакета Манчестерга йўл олиши мумкин  0 23:25Расман: "Челси" Хато трансферини эълон қилди  5 23:09Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" ўйинида ҳисоб очилмади, ҳакам ВАР монитори орқали иккита эҳтимолий пенальтини кўриб чиқди  5 22:51Элдор Мойлиев "Насаф" футболчиси "Шўртан"га ўтмагани сабабини айтди  3 22:40Ҳаким Фузайлов "Хоразм"нинг ушбу мавсумдаги мақсадини айтди  0 22:27Максим Шацких: "ОЧЛга оптимал ҳолатда борамиз"  3 22:07Баҳром Ҳайдаров: "Дастлабки икки голни инобатга олмасак, тенг ўйин бўлди"  10 22:02Суперлига. "Хоразм" Ғузорда "Шўртан"дан ишончли ҳисобда устун келди  8 21:36"Бенфика" Браимни "Реал"дан ижарага олмоқчи. Музокаралар бошланди  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  28 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1

Hamidjon Aktamov: “G'alaba qozona olmaganimizdan afsusdaman” Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: “G'alaba qozona olmaganimizdan afsusdaman”

Oliy liga 26-turidan joy olgan “Qizilqum” - “Bunyodkor” jamoalari bahsidan so'ng, mezbonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.
-“Bunyodkor” - xalqaro maydonda katta tajriba orttirgan jamoalardan biri, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - SHunga qaramay, bugungi uchrashuvga jiddiy hozirlik ko'rdik. Negadir oxirgi o'yinlarda jamoamizdan omad ochiqchasiga yuz o'girmoqda. Navoiyda “Nasaf” jamoasi bilan kechgan uchrashuvda ham oxirgi daqiqalarda naqd g'alabani qo'ldan chiqargandik. Bugun muxlislar jamoamizning ikki bo'limda ikki xil o'yin namoyish etganiga guvoh bo'lishdi. Birinchi bo'limda yigitlarimizga bir muncha ehtiyotkor bo'lishini tayinlagandik. Ular ko'rsatmalarimizni bexato amalga oshirishdi. Tanaffusdan keyin hujumkorlikni oshirdik. Etarlicha golli vaziyatlar sodir etildi. Ammo jamoamizda yakuniy nuqtani qo'yadigan futbolchi topilmayotganidan hayronman. O'z navbatida bugun raqib posboni ham o'z mahoratini namoyish etib, jamoasi joniga oro kirdi.

Qisqacha aytganda, bugun jamoamiz o'yinidan ko'nglim to'lgan bo'lsa-da, natijadan qoniqmadim. Havo  bir muncha sovuq bo'lishiga qaramay, futbolchilarimizni uyushqoqlik bilan qo'llab-quvvatlagan muxlislarimizga katta rahmat! Ular uchun bugun g'alaba qozona olmaganimizdan afsusdaman. Ammo oldinda bir biridan muhim yana to'rtta uchrashuv kutib turibdi. Maqsadimiz ana shu o'yinlarda o'z ishqibozlarimizni quvontirishdir.

“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика