So’nggi yangiliklar

02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  1 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  6 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  3 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5 21:22Камолиддин Тожиев: "Чиройли ўйин бўлди, ғалаба учун ҳаммага раҳмат"  1

Hamidjon Aktamov: Endi bor etiborimizni milliy chempionat bahslariga qaratamiz Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: Endi bor etiborimizni milliy chempionat bahslariga qaratamiz

O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichining Andijon - Qizilqum jamoalari javob uchrashuvi (3:1) yakunlangach, matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar bosh menejeri Hamidjon Aktamov qatnashdi.
-Javob uchrashuvi qiyin o'tishini oldindan bilardik, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - CHempionatning oxirgi turida aynan Andijon bilan o'tgan uchrashuvda muhim g'alabani qo'lga kiritgandik. SHu o'yinda etakchi o'yinchilarimizdan ayrimlari jarohat olishdi. Bugun Alisher Yusupov, Bahriddin Vahobov, Andrey Derkach hamda Vyacheslav SHevchenkolarning maydonga tushmaganligi o'yin natijasiga salbiy tasir qildi. Ularning o'rniga esa ko'proq yoshlarga imkoniyat berishga majbur bo'ldik. O'yinni yomon boshlamadik. Ammo yakunda baribir yoshlarimizning tajribasizligi pand berdi va chorak final yo'llanmasini boy berdik. Andijon jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

Endi bor etiborimizni chempionat uchrashuvlariga qaratamiz. Oldinda Metallurg jamoasiga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Bekobodliklarni bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotganligini barcha ko'rib, bilib turibdi. Maqsadimiz esa o'zgarmaydi, keyingi o'yinlarda ham chiroyli futbol namoyish etib, o'z muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика