So’nggi yangiliklar

20:12Фарҳод Нишонов: "Бу ерда футбол ўйнаш жуда қийин бўляпти"  2 19:59ФИФА ЖЧ-2030ни 64 жамоагача кенгайтиришни режалаштирмаяпти  5 19:29"Рома"нинг 100 дан ортиқ қуролланган мухлислари Ниццада қўлга олинди  0 18:58"Ливерпуль" 35 млн. еврога сотиб олган ҳимоячи бу йил бошқа майдонга туша олмайди  0 18:36Футзал. Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси баҳси учун таркиблар маълум бўлди  20 18:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 3:2  2 17:51ФИФАда ЖЧ-2030ни 64 та жамоагача кенгайтириш масаласи кўриб чиқилди  13 17:28Жиру Дембеле ҳақида: "Терма жамоада у "Олтин тўп" эгаси бўлиши мумкин деб ўйламаганман"  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   16 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  3 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  21 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  5 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  10

Hamidjon Aktamov: "Durangga rozi emasman. Ikki ochko yo'qotdik" Yangiliklar

Hamidjon Aktamov: "Durangga rozi emasman. Ikki ochko yo'qotdik"

Superliganing 3-turi doirasida "So'g'diyona"ga qarshi o'yindan keyin "Qizilqum" bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o'z fikrlarini bildirdi.




- Futbolchilarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Berilgan ko'rsatmalarni bajarishdi. Omad bizdan yuz o'girdi. Umuman olganda o'yinni nazorat qildik. O'yindan o'yinga sifat yaxshilanib bormoqda. Bugun 2 ochko yo'qotdik. Ammo keyinchalik buni chiqarib olamiz. Bu futbol. Bugungi o'yin bilan men durangga rozi emasman. Yutishimiz kerak edi. "So'g'diyona" ham yaxshi o'yin ko'rsatdi, yaxshi himoyalandi. Biroq ularga qaraganda bizning o'yinimiz yaxshiroq chiqqandi.

- Raqibdan shunday qarshilik kutganmidingiz?
- Bilardim. SHu boisdan ko'proq hujumlar qildik. Darvozabon ko'p holatlarda jamoasini gollardan saqlab qoldi.

- Mate Vatcadze bugun ikki vaziyatdan foydalana olmadi. Ushbu vaziyatlar haqida nima deya olasiz?
- U ham vaziyatni gol deb o'yladi. Bahona qilmayman. Yaxshi o'yin bo'ldi, tomoshabop o'yin bo'ldi. Jamoaning o'yini yaxshilanib borayotganidan xursandman. Hali oldinda o'yinlar juda ko'p. Yo'qotilgan ochkolar o'rnini qoplay olamiz.

- Kuxianidzening dastlabki uch turdagi o'yiniga qanday baho bera olasiz?
- U ham o'zining ishini bajarmoqda. Uning vazifasi ko'proq qora ishlarni bajarish hisoblanadi. SHu sababli uni etakchi bo'lib oldi deyish qiyin.

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика