⚡️Hakamlarning xatolari bo'lmaganida, La Liga jadvalidagi holat qanday bo'lardi?
09 fev 2024 19:55
Yangiliklar
⚡️Hakamlarning xatolari bo'lmaganida, La Liga jadvalidagi holat qanday bo'lardi?
Ispaniyada chempionat o'yinlarida hakamlar yo'l qo'ygan xatolar bo'lmaganida musobaqa jadvali qanday bo'lishi mumkinligini chop etishdi.
Ispaniyalik jurnalist Xuanfe Sans ijtimoiy tarmoqda Ispaniya chempionatining TOP-5 jamoasining hakamlar yo'l qo'ygan xatolar bo'lmaganida to'playdigan ochkosi va egallaydigan o'rni qanday bo'lishi mumkinligini oshkor qildi.
Hisob-kitoblarga ko'ra, La Ligada hakamlarning xatosisiz chempionlik poygasi quyidagicha ko'rinish olgan bo'lardi:
"Real Madrid" — 58 ochko.
"Jirona" — 56 ochko.
"Atletiko Madrid" — 45 ochko.
"Barselona" — 44 ochko.
"Atletik" Bilbao — 42 ochko.
Qizig'i, real hayotdagi jadvalda 23-turdan keyin "Real" va "Jirona" xuddi shuncha ochko jamg'argan — 58 va 56 mos ravishda. Uchinchi o'rinni 50 ochko bilan "Barselona" egallab turibdi, to'rtinchi o'rinda "Atletiko" 48 ochko, beshinchi — "Atletik" (45 ochko).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar