Gvardiolga 4 ta top-klub davogar
06 dek 2022 13:19
Yangiliklar
Gvardiolga 4 ta top-klub davogar
Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol Evropa grandlari xalovatini o'g'irladi.
Xorvatiya terma jamoasi safida Qatardagi Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatib, himoyadagi harakatlari bilan barchani lol qoldirayotgan 20 yoshli markaziy himoyachi uchun "Barselona", "Real Madrid", "CHelsi" va "Manchester Yunayted" kurash olib boradi.
Gvardiol "Leypcig" bilan 2027 yilgacha tuzilgan shartnomaga ega, biroq uning tovon puli ko'rsatilmagan. SHu tufayli xorvatiyalik himoyachini sotib olish moliyaviy tomondan qiyinchilik tug'dirmaydi. Uning narxi 60 mln evroga baholanmoqda.
Gvardiol joriy mavsum Bundesliga jamoasi tarkibida 19 ta o'yinda qatnashdi va 1 ta gol urdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar