So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Gvardiola "Yuve"ga imkoniyat boy berilgach: "Biz eng zo'rimiz, jamoamni yaxshi ko'raman" Yangiliklar

Gvardiola "Yuve"ga imkoniyat boy berilgach: "Biz eng zo'rimiz, jamoamni yaxshi ko'raman"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL umumiy bosqich 6-turi doirasida "Yuventus"ga imkoniyat boy berilgach, fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

"Mag'lubiyatga himoyadagi xatolar sabab bo'ldi, deb o'ylamayman. Sabab bunda emas. Ko'p bor jarima maydonchasida yoki o'n bir metrlik nuqta atrofiga etib borganimizda, bizga oxirgi uzatma etishmadi. Aynan shu narsada farq sezildi. Biz eng zo'rimiz, jamoamni yaxshi ko'raman va "Yuve"ga qarshi uchrashuv natijasi fikrimni o'zgartira olmaydi.

Bo'layotgan ishlarni, natijalarni tahlil qilyapman. Abatta, yaxshi vaziyatlarda ham, yomon kunlarda ham o'zimni tergab turaman. Men yo'l topishga, g'alabaga erishishga harakat qilyapman. O'yin bor edi. Men doimo adekvat bo'lishga harakat qilaman, biz yaxshi o'ynaganimizda ham, o'yinimiz chiqmaganida ham.

"Yuventus" — ajoyib jamoa va ularga omad tilayman. Ularni g'alaba bilan tabrikladim, kelajakda ular yanada kuchayishadi. Biz qiyin davrni boshdan kechiryapmiz, lekin g'alabalar keladi va uni bizga o'yin uslubimiz keltiradi. Hozir o'zimizni oqlashimiz qiyin, ammo barchasi yaxshi bo'ladi, shunchaki tanlagan yo'limizda davom etishimiz zarur".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика