Gvardiola: "O'Rayli Angliya Kubogi yarim finalida o'ynaydi"
31 mar 12:09
Yangiliklar
Gvardiola: "O'Rayli Angliya Kubogi yarim finalida o'ynaydi"
Yakshanba kuni "Siti"ga "Bornmut" ustidan g'alaba qozonishida aynan O'Rayli yordamga kelib, 2 ta assist amalga oshirdi. U tanaffusda Abduqodir Husanovni almashtirdi.
Gvardiolaning takidlashicha, O'Rayli oldingi turda ham katta taassurot qoldirgan, shuning uchun 20 yoshli angliyalik futbolchi 4 haftadan so'ng "Uembli"da bo'lib o'tadigan Kubok o'yinida maydonga tushadi.
"Niko "Plimut" darvozasiga ikkita to'p kiritgandi va bugun ham o'yinga ijobiy tasir o'tkazdi. U albatta yarim finalda o'ynaydi!
U juda yaxshi o'ynadi. Shu o'rinda, uning hujumkor yarim himoyachi ekanligini unutmasligimiz kerak. Tezkor, juda aqlli va to'p bilan yaxshi muomala qiladi, raqib darvozasi oldida doim xavfli vaziyat hosil etadi", – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "shaharliklar" musobaqa yarim finalida "Nottingem Forest" bilan bellashadi. Uchrashuv 26 aprel kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar