Gvardiola navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
12 dek 10:24
Yangiliklar
Gvardiola navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Yuventusdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Bugun biz ancha o'zimizga ishonch bilan harakat qilgandek tuyildi. Avvalgi o'yinlardan farqli ravishda bugun to'pni kam yo'qotdik. Biroq Italiya klublariga qarshi o'ynash doim qiyinchilik tug'dirgan. Ular raqibga tezda moslashishadi.
Bizda so'nggi pas va hujumni yakunlashda muammolar bor. Bugun g'alaba uchun maksimal harakat qildik va buning uchun futbolchilarimdan minnatdorman. Ular bor kuchlari bilan o'ynashga intilishdi», — deb fikr bildirdi Gvardiola.
Fikrlar