Gvardiola MYUdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
16 dek 08:03
Yangiliklar
Gvardiola MYUdan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
Manchester Siti bosh murabbiyi Pep Gvardiola Manchester derbisidagi mag'lubiyatdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Aytish uchun ko'p narsa yo'q. Raqib himoyada aql bovar qilmaydigan darajada yaxshi o'ynadi. Ikki mavsumni hisoblaganda biz sakkizta o'yinda mag'lubiyatga uchramagandik. Biroq hozir biz joriy mavsumning so'nggi 11 ta uchrashuvining 8 tasida mag'lub bo'ldik. Mag'lubiyatga qaysidir futbolchini ayblash noto'g'ri bo'ladi.
O'z aybimiz tufayli gollarni o'tkazib yubordik. Natijalarimiz yaxshi emas, bugun ham yaxshi futbol ko'rsata olmadik. Men vaziyatni tushunib turibman, biroq hozirdagi holatimiz shunday. Jarima maydonchasida ehtiyotkorroq bo'lishimiz kerak edi. Boya takidlaganimdek, bugun qaysidir futbolchining aybi bilan mag'lub bo'lmadik. SHunchaki biz ancha yaxshiroq futbol namoyish etishimiz kerak», — dedi Gvardiola.
Fikrlar