Gvardiola: "Biz hali hamon chempionlik kurashidamiz"
26 fev 2023 15:55
Yangiliklar
Gvardiola: "Biz hali hamon chempionlik kurashidamiz"
APLning 25-turi doirasida "Bornmut"ga qarshi o'yindan keyin "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Nottingem" bilan solishtirganda "Bornmut"ga qarshi yaxshiroq o'yin ko'rsatdik, ko'proq vaziyatlarga ega bo'ldik. Biroq afsuski Nottingemda g'alabaga erisha olmadik, futbol bu futbol. Biroq APL chempionligi uchun kurashda davom etamiz, raqib "Arsenal" chempionlik uchun juda qattiq bel bog'lagan. Oldinda o'yinlar ko'p, hali ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin", - dedi mutaxassis.
Ayni damda "Manchester Siti" 55 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. 1 zaxira o'yini bor peshqadam "Arsenal" 2 ochko oldinda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar