Gvardiola: "Agar yana 1-2 ta g'alabaga erishsak, umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlaymiz"
06 noy 17:04
Yangiliklar
Gvardiola: "Agar yana 1-2 ta g'alabaga erishsak, umumiy bosqichni kuchli sakkizlikda yakunlaymiz"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasining 4-tur o'yinida "Borussiya" Dortmund ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g'alabasi haqida fikr bildirdi.
"O'yinchilarim katta hurmatga sazovor. Biz "Bayer"ga qarshi keyingi o'yinimiz oldidan yaxshi holatdamiz. Agar yana bir-ikkita g'alabaga erishsak, "Siti" kuchli sakkizlikka kirishga juda yaqin bo'ladi.
Har safar matbuot anjumaniga kirganimda, Holand qandaydir rekordni yangilaydi. Men u uchun xursandman. Erling bunga loyiq. Uning atrofida qancha ko'p yaxshi futbolchilar, unga shuncha engillik yaratiladi. Odatda top-klublarda shunaqasi ro'y beradi. Yaxshi o'yinchilar barchaning salohiyatini oshiradi", – dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" Chempionlar Ligasi umumiy jadvalida 10 ochko bilan to'rtinchi o'ringa ko'tarildi, "Borussiya" esa 7 ochko bilan 12-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar
Илтимос, шевада макола ёзилмаса яхши буларди.
Илтимос, шевада макола ёзилмаса яхши буларди.