Guti: "Real" "Atletiko"dan qasos olish uchun maydonga tushadi"
28 sen 2024 12:59
Yangiliklar
Guti: "Real" "Atletiko"dan qasos olish uchun maydonga tushadi"
Guti yakshanba kuni bo'lib o'tadigan "Atletiko" hamda "Real" o'rtasidagi bahs haqida fikr bildirdi.
LaLiganing 8-turi doirasidan o'rin olgan uchrashuv "Metropolitano" stadionida bo'lib o'tadi.
"Madrid derbilari o'ziga xos. Futbolchilarda yoqimli hayajon bo'ladi va "Real"chilar raqib maydonida o'zini ko'rsatish hissi bilan yonadi...
"Qirollik klubi" formasini tiklab olyapti va Vinisius hamda Bellingem o'tgan mavsum "Metropolitano"dagi mag'lubiyat uchun qasos olishga urinib ko'rishadi" - dedi "Real" sobiq futbolchisi.
"Real" o'tgan mavsum mehmonda nafaqat LaLiga (1:3), balki Ispaniya Kubogi 1/8 finalida ham (2:4) "Atletiko"ga mag'lub bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar