Grizmanning otasi Setenga javob berdi: "Gapirishing uchun senda yuk mashinasining kaliti bo'lishi kerak. Sen esa shunchaki yo'lovchisan"
01 iyu 2020 18:24
Yangiliklar
Grizmanning otasi Setenga javob berdi: "Gapirishing uchun senda yuk mashinasining kaliti bo'lishi kerak. Sen esa shunchaki yo'lovchisan"
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanning otasi Alen Grizmann kataloniyaliklar bosh murabbiy Kike Seten nomiga keskin gaplarni aytdi.
"Gapirishing uchun senda yuk mashinasining kaliti bo'lishi kerak. Sen esa shunchaki yo'lovchisan", - deydi Grizmanning otasi.
Grizmann "Barselona" tarkibida so'nggi to'liq o'yinini 16 iyunda "Leganes" (2:0)ga qarshi o'tkazgan edi. SHundan so'ng esa "Sevilya" (0:0)ga qarshi o'yinda 14 daqiqa, "Atletik" (1:0)ga qarshi o'yinda 65 daqiqa va "Selta" (2:2)ga qarshi bahsda 10 daqiqa harakat qildi. Kecha bo'lib o'tgan "Atletiko"ga qarshi o'yinda esa 90-daqiqada maydonga tushdi.
O'tgan yozda "Barselona"ga 120 million evro evaziga o'tgan futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 32ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Fikrlar