Grizmann ikki yilda ilk bor jarohat oldi. "Atletiko" forvardi "Inter" bilan o'yingacha tiklanmoqchi
22 fev 2024 12:48
Yangiliklar
Grizmann ikki yilda ilk bor jarohat oldi. "Atletiko" forvardi "Inter" bilan o'yingacha tiklanmoqchi
Hujumchi o'yinning 78-daqiqasida majburan maydonni tark etdi.
"Atletiko" bugun Grizmannga tovon bog'lamasining o'rta darajadagi cho'zilishi tashhisi qo'yilganini xabar qildi.
Relevo'ning yozishicha, francuz mehmonda "Atletik" (ilk o'yin – 0:1)ga Ispaniya kubogi yarim final javob o'yinini o'tkazib yuborishi aniq.
Grizmann 13 martda bo'lib o'tgan "Inter"ga qarshi javob o'yinigacha tiklanmoqchi. Test natijalari buni ilojsiz emasligini ko'rsatyapti, ammo "Atletiko" ehtiyotkorlikni saqlab turibdi.
Qayd etish kerakki, Grizmannda ikki yil davomida jarohat bo'lmagandi (2022 yilning yanvaridan beri). U o'shanda mushak jarohati sabab bir yarim oyni o'tkazib yuborgan.
32 yoshli forvard joriy mavsum "Atletiko" safida 36ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 7ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar