Grizmann "Barselona" chempionlik uchun oxirigacha kurashishiga ishonadi
01 fev 2021 13:15
Yangiliklar
Grizmann "Barselona" chempionlik uchun oxirigacha kurashishiga ishonadi
"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann Ispaniya chempionati 21-tur doirasidagi "Atletik" (2:1)ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Forvard g'alaba goli muallifiga aylandi.
"Bizda ajoyib jamoa bor va biz jiddiy natijalarga erishishimiz mumkin. Dembele maydondan tashqarida jiddiy tarzda ishlamoqda. Biz uni qo'llab-quvvatlashga urinmoqdamiz.
Messi - afsona. Umid qilamanki, u bizga sovrin yutishda yordam beradi. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Oxirigacha kurashamiz", - deydi Grizmann.
"Barselona" 20 o'yindan so'ng 40 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. Etakchi "Atletiko" esa "Barsa" va "Real"dan 10 ochko oldinda va bitta zaxira o'yiniga ega.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar