Grigoriy Kolosovskiy: "Zarba bermasdan gol urib bo'lmaydi"
25 noy 2024 01:29
Yangiliklar
Grigoriy Kolosovskiy: "Zarba bermasdan gol urib bo'lmaydi"
Superliganing 25-turi doirasida "So'g'diyona" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Lokomotiv" bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida qatnashdi.
"Tan olish kerak, hozirgi paytda "So'g'diyona" bizdan kuchli. Ular g'alabaga haqli edilar. Bugungi o'yinda natijani hal qilgan futbolchilar uchun alohida tayyorgarlik ko'rgandik. Agarda legionerlarni yaxshi qo'riqlay olganimizda, balki, bugun ochko olib ketgan bo'lardik. Tablodagi hisobni ko'rdingiz. Bugun bizda raqib darvozasiga zarba ham bo'lmadi, xavfli hujum ham uyushtira olmadik. Qanday qilib zarba bermasdan gol urish mumkin. Hujumchilardan ko'prog'ini kutgandik. Umuman olganda "So'g'diyona" g'alabaga loyiq edi. Endi barchasini so'nggi tur hal qiladi: "So'g'diyona" uchun 2-o'rin masalasi, biz uchun esa ligada qolish", - dedi Kolosovskiy.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar