Granero "Klasiko" oldidan: "Ikki kuchli jamoa to'qnashuvi, ammo yuragim "Madrid" favoritligini aytmoqda"
01 mar 2023 11:32
Yangiliklar
Granero "Klasiko" oldidan: "Ikki kuchli jamoa to'qnashuvi, ammo yuragim "Madrid" favoritligini aytmoqda"
Ertaga, payshanba kuni, "Santyago Bernabeu"da Ispaniya Kubogi yarim final birinchi uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Qayd etish lozim, 19 mart kuni "Real" "Kamp Nou"ga La Liga 26-tur o'yiniga boradi, 5 aprel kuni esa Kubok yarim finali javob bahsi.
"O'ylashimcha, mana shu klasiko keyingi to'qnashuvlarga ham jiddiy tasir o'tkazadi. Jamoalarning sport formasi ham muhim faktor hisoblanadi. Yuragim, menga favorit "Madrid" ekanligini aytyapti, lekin nima bo'lsa ham bizni ikki kuchli jamoalar to'qnashuvi kutib turibdi. Men o'yinni oddiy muxlis sifatida tomosha qilib, zavqlanishni istayman.
Men "Real"da o'ynagan davrimda, biz tarixdagi eng kuchli "Barsa"ga qarshi kurashardik va Kubok hamda 100 ochko jamg'arib, La Ligada zafar quchganmiz. Bunda bizga "Barselona"ning o'zi ham yordam bergan, chunki raqib plankani o'ta baland qo'ygani, bizni ham ko'proq ishlashga majbur qilardi", – dedi Granero.
Fikrlar