So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Gonkong bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi 80–90 foiz kuch sarflash etarli emas" Yangiliklar

Gonkong bosh murabbiyi: "O'zbekistonga qarshi 80–90 foiz kuch sarflash etarli emas"

Gonkong terma jamoasi bosh murabbiyi Yorn Anderson jahon chempionati saralashi 2-bosqichi 4-turidan o'rin olgan O'zbekistonga qarshi uchrashuvdan avvalgi mashg'ulot jarayonida bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi.

61 yoshli mutaxassisning takidlashicha, O'zbekistonga qarshi kerakli natija qayd etish uchun uning shogirdlari bor kuchini sarflashi kerak. 

"Biz uzoq vaqt davomida bir xil darajadagi jamoani saqlab tura olmaymiz, chunki futbol to'qnashuvlarga boy sport turi hisoblanadi va hamisha jarohatlar uchrab turishi tabiiy. 

O'zbekistonga qarshi o'yin qiyin bo'lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Bunday jamoaga qarshi sakson yoki to'qson foiz kuchni sarflagan holda harakat qilish etarli emas. Biz bor imkoniyatimizni yuz foiz namoyish etishimiz kerak. Qolaversa, kamroq xato qilishga urinamiz", — dedi norvegiyalik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Gonkong o'rtasidagi javob uchrashuvi 26 mart kuni soat 19:30 da start oladi.

Avvalroq gonkongliklar Toshkent ob-havosi va maydonidan shkioyat qilishgani haqida xabar berilgandi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика