So’nggi yangiliklar

16:00Суперлига. "Сурхон" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   1 15:44Англиялик ҳужумчи Конго ДР терма жамоасида ўйнашга тайёр  0 15:17Путин: "Футбол мухлислари доимий равишда ҳакамлик сифатига эътибор беради"  1 14:41Дмитрий Ан қирғиз жамоасини бошқаради  3 14:18"Атлетико" футболчиси ЖЧни ўйлаб жамоадан кетмоқчи  3 13:51"Манчестер Сити"нинг ўтмишдаги рекорд трансфери тўртинчи марта ҳибсга олинди  1 13:22"Интер" Милан дербиси олдидан икки футболчисини йўқотди  0 12:50ЖЧ олдидан: "Челси" футболчиси ўзига жамоа қидирмоқда  2 12:22"Барселона" сардори қишда жамоани тарк этиши мумкин  3 11:56"Реал"нинг аргентиналик футболчиси Мастантуоно Ламин Ямаль ҳақида тўхталди  0 11:33"Реал" асосий ўйинчиларидан бири яна жароҳат олди  2 10:58"Арсенал" ўз етакчиси билан янги шартнома имзолашга яқин  0 10:32Ибрагимович Ла Лига, Премьер-лига ва А Серияда ўйнаш ўртасидаги фарқларни тушунтирди  3 10:05Эксперт фикри. Ёрқин Назаров: “Жаҳон чемпионатида музқаймоқ еб келиш эмас, муносиб ўйин кўрсатишимизга умид ва ишонч уйғонди”  7

Gol urgan darvozabon, legioner murabbiy, yosh hujumchi va "joker" - Superligada 22-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Gol urgan darvozabon, legioner murabbiy, yosh hujumchi va "joker" - Superligada 22-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 22-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi darvozaboni – Abduvohid Nematov ("Nasaf")

"Nasaf" bu tur o'z Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'lib irodali g'alabaga erishdi - 2:1. O'yin davomida Abduvohid Nematov bitta gol o'tkazganiga qaramay qolgan vaziyatlarda jamoasini bir necha bor qutqardi va eng asosiysi uchrashuv oxirida raqib darvozasiga belgilangan penaltidan gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi. SHu tariqa Nematov turning eng yaxshi posboni sifatida etirof etildi.



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi murabbiyi – Vitaliy Levchenko ("Neftchi")

"Neftchi" bu turni Olmaliqda OKMKga qarshi o'tkazdi muhim g'alabaga erishdi - 2:1. OKMK bu mavsum o'z maydonida faqat "Nasaf"ga mag'lub bo'lgandi xolos. CHempionlik uchun kurashda bo'lgan Qosimov boshchiligidagi jamoani safarda mag'lub eta olgan Vitaliy Levchenko turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 22-turning eng yaxshi futbolchisi – Abdug'afur Haydarov ("Surxon")

O'zbekiston U-20 terma jamoasi hujumchisi Abdug'afur Haydarov o'tgan turda "Nasaf"ga gol urib "Surxon"ni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi. Bu turda esa Haydarov "Lokomotiv" bilan bahsda supergol muallifiga aylandi va jamoasiga penalti ishlab berdi. Yosh hujumchi yanada rivojlanishida stimul bo'lishi uchun 22-turning eng yaxshi futbolchisi deb topdik. Faqat bunday etiroflardan keyin yulduzlik kasaliga duchor bo'lmasin!  



Championat.asia sayti talqiniga ko'ra 22-turning eng chiroyli goli muallifi – Xislat Halilov ("Dinamo")

"Dinamo"ning zaxira quroli, yani "joker"i Xislat Halilov navbatdagi bor turning eng chiroyli goli muallifiga aylandi. Bu safar Halilov zaxiradan tushib mavsumning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'lgan Abduvohid Nematov qo'riqlayotgan darvozaga supergol urishga erishdi. Aynan Xislat tomonidan urilgan gol championat.asia sayti talqiniga ko'ra turning eng chiroyli goli deb topildi.


 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика