G'ofurov: "Revansh oldik"
03 okt 2022 23:55
Yangiliklar


G'ofurov: "Revansh oldik"
Coca Cola Superliganing 20-turi doirasidagi "Lokomotiv" 1:3 "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mehmonlar etakchisi Mirzohid G'ofurovning fikrlari bilan qiziqdik.
— Qiziqarli ruhda o'tgan 6 ochkoli o'yinga guvoh bo'ldik. 90 daqiqa mobaynida jangovar ruh hukmronlik qildi. Barchaga rahmat.
— Qizil kartochka bo'lmasa, natija boshqacha bo'lishi mumkinmidi?
— Futbolda aniq gap aytib bo'lmaydi. Ehtimol... Ammo biz xarakter ko'rsatib, 1-davradagi mag'lubiyat uchun revansh oldik.
— "Neftchi" oxirgi o'yinlarda yaxshi temp ko'rsatyapti. Jamoaning shunaqa kuchi bor ekan, yil avvalida nima pand bergan edi?
— Mavsum boshida yangi jamoa yig'ilgani uchun o'zaro til topishib ketishimiz ancha vaqtni olib qo'ydi. SHuningdek, jarohat va diskvalifikaciyalar ancha xalaqit berib qo'ydi. Umid qilamanki, buyog'iga barchasi yaxshi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar