Girassi qishda "Milan" futbolchisiga aylanishi mumkin
21 dek 2023 15:08
Yangiliklar
Girassi qishda "Milan" futbolchisiga aylanishi mumkin
"SHtutgart" hujumchisi Seru Girassi qishki transfer oynasida "Milan"ga o'tish ehtimoli mavjud.
Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Italiya klubi yaqin orada gvineyalik forvardning transferi borasidagi ishlarni faollashtirishni rejalashtirgan. Futbolchiga "rossoneri"dan tashqari "Nyukasl", "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Girassining "SHtutgart" bilan bitimi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 25 million evroga baholaydi.
27 yoshli gvineyalik futbolchi Bundesliganing 2023/24 yilgi mavsumida 14 ta o'yinda qatnashib, 17 ta gol urdi va 1 ta golli pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar